AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga bir haftalik safarini boshlamoqda.
Avvalo Turkiyada to’xtab, Suriyadagi ahvolni muhokama qiladi. Anqara-Isroil o’rtasidagi munosabatlar ham kun tartibidan o’rin olgan.
Davlat departamenti rasmiysi Viktoriya Nulandning bildirishicha, Kerri avval Istanbulga, keyin Isroilga yo’l oladi. Maqsad - regiondagi ikki ittifoqchi davlatni adovatni unutib, hamkorlikka undash.
O’tgan oy Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Turkiyadan kechirim so’radi. 2010-yilda Isroil zobitlari G’azo sektoriga yo’l olgan gumanitar kemaga hujum qilib, 9 kishini o’ldirgan edi. Yahudiy davlati marhumlar oilasiga kompensatsiya to’lashga rozi.
Anqara, o’z navbatida, diplomatik aloqani tiklamoqda. Lekin jurnalist Semih Idiz fikricha, bu oson bo’lmaydi.
“Sabab shuki, Isroil nazarida Turkiyani fundamentalist islomchilar boshqaryapti. Anqara nuqtai nazaridan esa yahudiy davlati zolim, Falastin xalqini ezmoqda. Lekin ular Suriya masalasi bo’yicha hamkorlik qilmasa bo’lmaydi, buni tushunib turishibdi”, - deydi Idiz.
Har ikki davlat Suriya bilan umumiy chegaraga ega va u yerga qo’shin kiritish taklifini quvvatlaydi.
Tahlilchi Soli Ozelning aytishicha, Anqaraning Suriya muxolifatiga homiyligi uni Isroil bilan yaqinlashtiradi.
“Turkiya Suriya mojarosida roli oshib borayotgan davlatlardan, chunki qo’shni o’lkada bo’lajak rahbarlar kim bo’lishi eng muhim masala, ayniqsa, xavfsizlik nuqtai nazaridan”, - deydi suhbatdosh.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Anqaradagi uchrashuvlarida Suriya muxolifatini qurollantirish, shuningdek, Isroil-Falastin tinchlik muzokaralari kabi mavzular, albatta, ko’tariladi.
Semih Idizga ko’ra, ayniqsa, arab-Isroil mojarosini hal etishda Turkiya ijobiy rol o’ynashi mumkin, chunki bu davlat barcha tomonlar bilan, jumladan, Xamas guruhi bilan gaplasha oladi.
Isroil va Turkiyani yaqinroq hamkorlikka undaydigan iqtisodiy faktorlar ham bor.
Xabarlarga qaraganda, yahudiy davlati yaqinda topilgan tabiiy gaz boyliklarini Yevropa bozoriga chiqarish uchun Turkiya hududidan foydalanishni istaydi. Regionda vositachi va energetika markazi bo’lishga intilayotgan Anqara uchun bu ayni muddao.
Isroil va Falastin rahbarlari bilan esa o’zaro ishonchni tiklash uchun nima qilmoq zarurligiga urg’u beradi. Isroilga qo’shni davlatlar bilan til topishish eng muhim talab ekanini uqtiradi.
So’ngra Kerri Britaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyaga yo’l oladi. Bu davlatlarda kutilayotgan muzokaralardagi asosiy mavzu - Shimoliy Koreya.
Bu orada Iroq notinch. Iroqning Baquba shahrida saylov kampaniyasi ketayotgan bir paytda bomba portlab, 20 kishi halok bo’lgan. Bir odam o’zini portlatgan. 50 dan ziyod fuqaro jarohatlangan.
20-aprelda mahalliy saylovlar kutilar ekan, Iroqning turli viloyatlarida xurujlar ko’payib, ayrim joylarda ovoz berish kechiktirilgan.

Your browser doesn’t support HTML5