Tramp va Kim bir-biriga "ajoyib, iliq" xatlar yozish bilan band

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un Prezident Trampdan maktub oldi va uni o’rganib chiqmoqda, deya xabar beradi Shimoliy Koreya matbuoti.

Koreya davlat axborot agentligi tarqatgan fotosuratda Kim Chen Un maktubga tikilib turgani ko’rsatilgan. “Ajoyib xabar”, deya Kimning so’zlarini keltiradi agentlik.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un

​Iyun boshida Tramp ham Shimoliy Koreya rahbaridan olgan maktubini “chiroyli”, “iliq” deya ta’riflagan edi. Unda nima yozilgani noma’lum.

AQSh Prezidenti Donald Trump

Ayni paytda AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasida yadroviy muzokaralar to’xtab qolgan. Kim va Tramp bir yildan beri maktub va fotosuratlar almashib turibdi. Har ikkisi munosabatlar iliqligini aytadi. Ammo Shimoliy Koreyani qurolsizlantirish borasida hozircha hech qanday siljish yo’q.

AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un