Qirg'iziston hukumati janubda politsiya-maslahat kuchlarining kiritilishiga qarshi noroziliklardan cho'chigani aytiladi.
Qirg'izistonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidagi vakili Lidiya Imanaliyevaning aytishicha, janubga kiritilishi rejalangan xalqaro politsiya kuchlari Qirg'izistonga parlament saylovlaridan so'ng boradi.
Saylovlar 10-oktabrda o'tkaziladi. 52 kishilik politsiya guruhi janubda mahalliy huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilib, ularning ishini kuzatadi, maslahat beradi.
Guruh O'sh va Jalol-Obodga ancha oldin jo'natilishi rejalangan edi, biroq O'sh shahar hokimi Melis Mirzakmatov boshchiligida ularga qarshi shaharda norozilik namoyishlari o'tkazilib, prezident Roza Otunbaeva politsiyachilar xavfsizligini ta'minlashga kafolat bera olmasligini aytib, ularning hududga borishini kechiktirishni so'ragan edi.