Qirg'iziston saylov komissiyasi 10-oktabrda o'tgan parlament saylovlari natijasini uch hafta o'tib rasman e'lon qilindi. Unga ko'ra, hech bir partiya ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritmagan.
5 foizlik dovondan o'tgan besh partiyadan "Ota-Yurt" 28 mandat bilan 1-o'rinda, 26 o'rinni egallagan sotsial-demokratlar esa 2-o'rinda. Feliks Kulovning "Or-Nomus" partiyasi yangi parlamentda 25, Respublika 23 va "Ota-Makon" 18 deputatga ega bo'ladi.
"Ota-Yurt" koalitsion hukumatni tuzishi kerak.
Saylov natijalari qonunbuzarliklarga doir ko'plab shikoyatlar tushgani bois rasman ma'lum qilinmagan edi.
5 foizlik dovonga yaqinlashgan "Butun Qirg'iziston" partiyasi soxtalashtirish hollari sabab zarur ovozlarni ololmaganini va parlamentga kira olmaganini aytib, bir necha kun namoyish o'tkazgan edi. Saylovlarda 29 partiya ishtirok etgan. Yangi parlament 5 yil ishlaydi.
Parlamentga 5 partiya kirgan. Saylovlarda jami 29 partiya ishtirok etgan. Yangi parlament 5 yil ishlaydi.