Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ahvol, Qirg’izistonda bir paytlar sayyohlarga to’la Arslonbob, Jalol-Obod va Sahoba singari oromgohlarda qattiq sezilmoqda.
Keyingi yillarda Qirg’izistondan qo’shni mamlakatlarga davolanish va hordiq chiqarish uchun boruvchilar soni ham keskin kamaygan.
Kuni-kecha janubiy qirg’izistonlik bir guruh qishloq xo’jaligi xodimlari O’zbekistonning Farg’ona viloyati oromgohlarida sog’lig’ini tiklab kelgan. Dehqon xo’jaligi rahbari Muxtor aka Haydarov sayohatidan mamnun.
“Shami bor, vannasi bor, massaji bor, eng asosiysi shifobaxsh suvi bor ekan. O’sha suv menga katta foyda qildi. Shart-sharoitlari yaxshi ekan. Narxi kuniga 25 ming o’zbek so’mi ekan. Ayolim bilan birgalikda dam olganimiz uchun 500 ming o’zbek so’mi to’ladik. O’zimizdagi oromgohlarda davolanish narxlariga qaraganda Farg’ona viloyati oromgohlarida davolanish ancha arzon ekan”, - deydi Muxtor aka.
Azaldan O’zbekistonning Farg’ona vodiysi hamda Janubiy Qirg’iziston aholisi mavsumga qarab, har ikki tomon oromgohlari xizmatidan foydalanib kelgan.
Jazirama yoz oylarida minglab o’zbekistonliklar Qirg’izistonning tog’li Arslonbob, Sahoba, Qora-Olma kurort go’shalarida hordiq chiqargan. Kuz-qish oylarida qirg’izistonliklar Namanganning Chortog’iyu, Farg’onaning Chimyoni, Olti-Arig’i, Andijonning Polvon-Toshiga yo’l olgan.
Chegaradan o’tish qiyinlashgach, dam olishga o’tuvchilar soni keskin ozaygan. Qo’shni tomonga sog’liqni tiklashga borish har kimning o’ziga havola bo’lib qolgan.
“Chegaradan o’tayotganda O’zbekiston tomonida ancha qiynalar ekansiz. Bojxona nazoratidan ham o’tish ancha vaqt olarkan. Men dam olgan Olti-Ariq oromgohi boshqa davlat fuqarolarini vaqtinchali ro’yxatga qo’ymaydi ekan. Aytaylik, Chimyon oromgohi bunday xizmatni o’zi ko’rsatadi”, - deydi fermer Muxtor Haydarov.
Hozirda ikki mamlakat o’rtasidagi turistik aloqalar bilan faqat bir necha xususiy shirkatlar mashg’ul. O’shdagi Munduz Turizm tashkilotiyordamida O’zbekiston fuqarolari tog’ sayohatlariga chiqish imkoniyatlariga ega. Qirg’izistonliklar uchun esa O’zbekistonning qadimiy shaharlari bo’ylab sayohatlar uyushtiriladi.
Ushbu turfirma rahbari Umarjon Yosiddinov fikricha, turizm sohasida hamkorlik masalasida har ikki mamlakat imkoniyatlari keng.
“Menimcha, ikki davlat ma’sul xodimlari bir tevarak stol atrofida to’planib, ushbu yo’nalish bo’yicha yaxshi plan ishlab chiqishlari kerak va o’sha planni amalga oshirish darkor. Buning uchun hukumatlar aynan turizmni qo’llab-quvvatlashi kerak. Masalan, qo’shni chegaradosh viloyatlarning hokimlari uch-to’rt oyda uchrashib, hal bo’lmagan muammolarni yechishga harakat qilsa, mavjud imkoniyatlardan keng foydalanilsa ancha samarali bo’lardi. “Qo’ynida bo’lsa, qo’njiga to’kiladi”, deyiladiku. Sog’liqni saqlash, turizm sohasini rivojlantirish, ayrim iqtisodiy masalalar kabi savollarni o’zaro yechish darkor”, - deydi suhbatdosh.
Oddiy odamlar esa chegaradan o’tkazish punktlari avvalgi ko’lamga qaytsa, bordi-keldi o’z yo’liga tushib ketadi, deb o’ylaydi.
Aytish joizki, 2010-yilgacha Qirg’iziston-O’zbekiston chegarasida to’qqiz o’tkazish punkti faoliyat ko’rsatib kelgan. Hozirda birgina o’tkazish maskani ish olib bormoqda. Ko’pchilik nazarida, aynan chegaradagi qiyinchiliklar bordi-keldi yo’lida asosiy to’siq bo’lib qolmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5