Breaking News

Qirg’iziston 40 dan ziyod davlat bilan vizasiz tartibga o’tishi mumkin


Qirg’iziston hukumati 40 dan ziyod mamlakat bilan viza tartibini bekor qilish tashabbusini muhokama qilmoqda. Ushbu qonun loyihasiga ko’ra, mehmonlar mamlakatda 90 kun davomida vizasiz turishi mumkin bo’ladi.

Iqtisodiyot vaziri Temir Sariyevning aytishicha, taklif qilinayotgan hujjat o’lkada turizm sohasini taraqqiy ettirishga qaratilgan. Ayrim mutaxassislar esa respublikaga shubhali shaxslarning kirib kelishi, muhojirlarning ko’payishi va nazorat susayishi ehtimolidan xavotir bildirmoqda.

“Amerika Ovozi” yirik turizm shirkatlaridan birining rahbari Umarjon Yosiddinov bilan viza tartibini bekor qilish xususida suhbatlashdi. Marhamat tinglang:

XS
SM
MD
LG