"Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan o'shliklarning aytishicha, etnik qirg'indan to'rt yil o'tib, bugun Qirg'iziston janubida vaziyat ancha yaxshilangan. O'zbek va qirg'iz o’rtasida ishonch tiklanmoqda. Tinch yashayotganimizning o'zi katta gap, deydi ular.
O'SH —
Qirg’izistonning janubiy viloyatlari O’sh va Jalolobodda to’rt yil oldin ro’y bergan qirg’in oqibatida o’zbeklar va qirg’izlar o’rtasida keskinlashgan etnik nizolarni bartaraf etishga qaratilgan tashabbuslar samara berayotgandek. Xalqaro hamjamiyat homiyligida olib borilayotgan turli tashabbuslar orqali o'zaro ishonch tiklanmoqda, deydi faollar. Noxush vaqealarning qayta takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun targ’ibot ishlari davom etmoqda.
O’shdagi “Birdamlik va tolerantlikni taraqqiy ettirish tashabbusi” deb nomlangan nodavlat tashkilotda loyihalar rahbari Dilbarkan Mamajunusovaning aytishicha, o’zbek va qirg’izning azaliy yaqinligi va umumiy qadriyatlar nizo oqibatlarini bartaraf etish va qardoshlik munosabatlarini qayta shakllantirishda muhim omildir.
Bu tashkilot o’z faoliyatida xalq diplomatiyasi usullaridan foydalanmoqda. Jamoatchilik asosida tuzilgan Ahillik jarchilari tizimi turli elat va hudud vakillaridan iborat bo’lib, o’z ichiga 780 faolni oladi.
“Biz deymiz, aslida bu farz, har birimiz ahillik jarchisi bo’lmog’imiz lozim. Lekin ko’plashsak, birlashsak, katta harakat bo’lsa, buning kuchi ham salmoqli bo’lar ekan”, - deydi Dilbarkan Mamajunusova.
“Shunday arboblar borki, har xil vaziyatlarda o’z manfaatlarini ko’zlab chir-chatoq chiqarishga urinadi. Menimcha, o’shanday odamlarning ham el uchun, xalq kelajagi uchun mas’uliyatini oshirishimiz darkor,” - deydi mutaxassis.
Qirg’iziston Xalq Assambleyasining O’sh viloyati bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Po’lat Sobirov tegishli davlat va nodavlat idoralari olib borayotgan ishlar haqida gapirar ekan, ikki xalq o’rtasidagi avvalgi yaqinlik yana qaror topayotganini aytadi.
“Ammo qilinadigan ishlar ko’p. Nafaqat davlat idoralari, nodavlat tashkilotlar, balki har bir fuqaro bu ishlarga o’z hissasini qo’shmog’i darkor. Muhimi – tinchlik, osoyishtalikda yashayapmiz”, - deydi arbob.
Suhbatdosh nazarida, ayrim ommaviy axborot vositalari o’z imkoniyatlarini suiiste’mol qilib, g’alamislik ruhidagi maqolalar bosilishiga yo’l qo’yayotgani achinarli hol.
“Axir, qancha yaxshi narsalar bor – shularni ko’rsatgan afzal emasmi?” - deydi u.
Shuningdek, arbob yoshlarni ish bilan ta’minlash zaruriyatini urg’ulaydi.
O’tgan yil o’lkada mahalliy o’z-o’zini boshqarish tizimlari ishlari hamda elatlararo munosabatlar bo’yicha Davlat agentligi tuzildi. Ushbu idoraning O’sh shahridagi qabulxonasi boshlig’i Bo’riboy Jo’rayevga ko’ra, bunday qabulxonalar mamlakatning 20 shahar va tumanida ochilgan. Bu aholiga qulaylik tug’dirmoqda, - deydi u.
Odamlar o’z muammolari, dardu-hasratlari bilan kelishadi va biz tegishli yordamga tayyormiz, - deydi Bo’riboy jo’rayev.
Unga ko’ra, ijobiy o’zgarishlar ko’p, ammo hamma narsa iziga tushdi, hammasi yaxshi, deyishga erta.
“Masalan, gazeta, televideniye yoki internetda ko’rinib qolayotgan millatchilik ruhidagi chiqishlar odamlarni ranjitmoqda. Bu narsa tinch, ahil hayotimizni ko’ra olmayotganlar borligi va hammamiz sabr-toqat bilan yaxshi ish-harakatlarni davom ettirishimiz lozimligini bildiradi, - deydi Jo’rayev. - Davlat va munisipal idora-korxonalarda turli millat vakillari aralashib ishlashi ham maqsadga muvofiq bo’lar edi, bu do’stlik, ahillik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi”.
O’shlik jamoat faollari, eng muhimi, tinchlikning qadriga yetish lozimligini ta’kidlaydi.
Your browser doesn’t support HTML5