Iroq va Suriyada katta hududlarni egallagan "Islomiy davlat" jangari guruhi Markaziy Osiyoda, xususan, Farg’ona vodiysida ham faollashgani haqida xabarlar bor.
Your browser doesn’t support HTML5
Xalqaro bo'hronlarni o'rganuvchi "International Crisis Group" tashkilotining so'nggi hisobotiga ko'ra, mintaqada yoshlar bu to'dalarning va'dalariga uchib Yaqin Sharqqa borib urushga qo'shilayapti.
Kuzatuvchilar esa buning oldini olish uchun Markaziy Osiyo davlatlari so'z va e'tiqod erkinligiga hurmat ko'rsatsin, shunday oqimlarga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlasin, ijtimoiy ahvolni yaxshilasin, radikal nazariyalarga qarshi tadbirlarni oshirsin, deydi.
"Amerika Ovozi" Qirg'izistondagi ziyolilar, Jalol-Oboddagi "Islom markazi" nodavlat tashkilotidan Dilmurod O'rozov, Bishkekdan dinshunos Qodir Malikov bilan ana shu haqda gaplashdi.
Your browser doesn’t support HTML5