Qirg’izistonda uy-joy solish uchun yer kam deb noligan bir necha yuz kishi O’sh tevaragida dehqonlarga qarashli dalalarni egallab olgan. Hukumat bu noqonuniy deya, ularni yo’ldan qaytarishga harakat qilmoqda.
O’sh viloyat ma’muriyatida vaziyat muhokamada.
Bosib olingan yerlar qo’shni Qora-Suv tumanida joylashgan bo’lib, 1990-yillarda Qirg’izistonda yer islohoti paytida shu yerlik o’zbek dehqonlariga taqsimlab berilgan edi.
"Amerika Ovozi" O’sh viloyat Qora-Suv tumani Qizil qishloq aholisi faollaridan biri bilan suhbatda bo’ldi.