Rasmiy hisoblarga ko’ra, Qirg’izistonda 3000 yaqin diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatadi.
Biroq, deydi tadqiqotchilar, davlat va diniy oqimlar o’rtasida munosabatlar murakkab. Diniy ta’lim yo’lidagi to’siqlar, zaif qonunlar, dinlararo muloqot yetishmasligi asosiy muammolar sanaladi.
Jalol-Obod shahridagi Islom ta’limi markazi rahbari Dilmurod O'rozov:
“Diniy tashkilotlar qanchalik ko’paysa, boshqarish shunchalik qiyin bo’ladi. 3000, 5000 bo’ldi, degani bilan jamiyatga ta’siri qanday, shuni hisobga olish kerak. Masalan, ayrim masjidlar borki, faqat ikki hayit namozi o’qiladi. Ularni ham qayd qilib qo’yishgan. Ammo jamiyatga ta’siri bo’lgan diniy tashkilotlar soni unchalik ko’p emas, deb o’ylayman”.
Suhbatdosh fikricha, diniy tashkilotlar ko’payayotgani odamlar qalbi va ongi uchun kurash va raqobat kuchayganidan nishona.
“Jamoat uchun kurash ketmoqda. Tashqaridan kelganlar o’sha jamiyatni jalb qilish uchun qattiq harakat qilmoqda. Bu jarayon jamiyatni qaysi bir tarafga turtadi – yo oldga, yo orqaga. Ertaga fikrlar har xilligi fikrlar to’qnashuviga olib kelishi mumkin. Axir, bunday to’qnashuvlar yuz berdi-ku. Xristian diniga o’tganlarning ota-onalari yoki o’zlari qazo qilsa, musulmon mozorlariga qo’ydirishmadi. Bunday tortishuvlar mamlakatning shimolida ham, janubida ham yuz berdi”, - deydi suhbatdosh.
Xabarlarga ko’ra, Qirg’izistonga mustaqillik davrida kirib kelgan diniy tashkilotlar orasida boshqa o’lkalarda taqiqlangan uyushmalar ham mavjud. Masalan, satanistlar.
Dilmurod O'rozov fikricha, bu xavfli hol.
“Har qanday oqim o’z istagi bilan keladi va o’z istagini amalga oshirish uchun har xil usullar, jumladan, ekstremistik usullarni qo’llaydi. Bu esa dinning radikallashishiga olib keladi”, - deydi u.
Qirg’izistonda turli diniy tashkilotlar soni yil sayin ko’payib borar ekan, ular o’rtasida muloqot, hamkorlik qay darajada rivojlangan? Mutaxassislar ko’p dinlilik mavjud jamiyatda aynan diniy totuvlik katta ahamiyat kasb etishini aytadi.
“Umuman, islom hamda boshqa dinlar vakillari o’rtasida dialog yo’q. Eshitib qo’yishadi, xafa bo’lib qo’yishadi, noroziligini bildirmaydi. Ular bir muloqotga borib, kel, sen o’z chegarangda tur, biz o’z doiramizda turaylik, Qirg’iziston ravnaqi uchun hissa qo’shaylik, degan tashabbuslarni ko’rmadim”.
Mustaqillik yillarida Qirg’izistonda bir necha diniy o’quv yurtlari ochilgan. Ayni paytda mutaxassislar o’lkada hozirgacha diniy bilim berish tarmog’i yo’lga qo’yilmaganini urg’ulaydi. Oqibatda ko’plab diniy tashkilotlar xodimlarining saviyasi yuqori emas.
“Har yili mahalliy universitetlarning dinshunoslik kulliyotlarini bir qancha yoshlar bitiradi. Qani o’sha yoshlar? Bozorlarda. Yaxshi o’qiganlar turli firmalarda tilmochlik qilayapti. Diniy bilim olishgani bilan diniy ishni ham, davlat ishini ham qilishmaydi”, - deya kuyinadi suhbatdosh.
“Gap shundaki, amalda dinni qozon qaynatish manbai qilib olgan odamlar ko’payib ketdi. Shu bois, musulmon jamiyatida sayozlashish, pasayishlar kuzatilmoqda”, - deb hisoblaydi O'rozov.
Din ahli totuvligi, dinlararo hamjihatlik va oxir-oqibat ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash uchun nima qilish darkor?
“Davlatda diniy tashkilotlar faoliyatini chegaralaydigan bir qonunlar bo’lishi kerak. Toki bu tashkilotlar doiradan chiqib ketmasin. Aynan bunday cheklovlar mavjudligi, harakat doirasi aniqligi va javobgarlik ularni o’zaro hamkorlikka, hamjihatlikka undaydi”, - deya xulosa qiladi O'rozov.

“Gap shundaki, amalda dinni qozon qaynatish manbai qilib olgan odamlar ko’payib ketdi.