Qirg’iziston rasmiylari qamoqxonalarda diniy radikalizm g’oyalarining kuchayishidan xavotirda. Boshqa mahbuslarni ham o’z yo’llariga boshlamasligi uchun ekstremizmga aloqadorlik aybi bilan qamalgan mahbuslarga alohida qamoqxona quriladi. Bu haqda Bishkek xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish niyatini bildirgan. Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga yordam so’rab murojaat qilgan.
Mahalliy inson huquqlari himoyachilari nazarida esa diniy mahbuslarni ajratgandan ko’ra, ekstremizmga yetaklovchi omillarga qarshi kurashish lozim.
O’shdagi "Sulaymon Nuri" deb nomlangan nodavlat tashkiloti rahbari huquqshunos Sodiqjon Mahmudov bilan shu mavzuda suhbatda bo’ldik.
- Qamoqxonalarda diniy ekstremizning kuchayishi xavfi haqiqatdan ham yuqorimi?
- 2006-yildan e’tiboran diniy ekstremizmda ayblanib qamoqqa tushgan insonlar bilan ishlab kelamiz. Albatta, agar odam dindor bo’lsa, hibsga olingandan keyin ham nomozida davom etaveradi. Chunki o’sha joylarda ham buning uchun shart-sharoit bor. Keyin ular, iloji boricha, boshqa, masalan, tashqarida namoz o’qimagan insonlarni ham shunga jalb qilishga harakat qiladi. Eshitishimcha, ilgari dindan uzoq bo’lgan odamlar qamoqqa tushgach, dinga yaqinlasha borishyapti. Shu bois balki ayrimlar har xil gaplarga berilishi mumkin. Amma bu faqat bir so’z, boshqa bir narsa emas. Lekin koloniyalarda namoz o’qish uchun alohida xonalar ajratilgan. Faqat izolyatorlarda tashqariga chiqmasdan, o’sha kameraning ichida namoz o’qisa bo’ladi.
Hozir, masalan, diniy ekstremizmda ayblangan insonlarning xayolida, menimcha, bunday yoki shunday qilay, degan o’ylar yo’q bo’lsa kerak. Ular faqat o’z namozini o’qiydi, balki boshqalarga Islom dini yo’lida ta’lim-tarbiya ishlari olib borishi mumkin. Lekin ekstremistik faoliyat ko’rsatishiga uncha ishonmayman.
- Ayrim rasmiylarning aytishicha, Qirg’iziston qamoqxonalarida diniy ekstremizm muammosi bor va uni yechish uchun turli xalqaro tashkilotlarga yordam so’rab murojaat qilishmoqda. Bu masala Qirg’iziston uchun naqadar dolzarb? Xalqaro hamjamiyat uchunchi?
- Ozodlikdan mahrum qilish tizimi haqida so’z ketsa, mamlakat janubida birgina tergov izolyatori bor. Bu O’shdagi tergov izolyatori. Anchadan buyon rasmiylar, jumladan, nodavlat tashkilotlari ham, qo’shni Jalol-Obod viloyatida ham tergov izolyatori qurish masalasini ko’tarib keladi. Qurilish uchun joy ham ajratilgan, ammo mablag’ yetishmaydi. Boshqa masalalardan ushbu tergov izolyatori qurilishi zarurroq deb hisoblayman.
- Mahbuslarning turli noan’anaviy diniy oqimlarga kirib ketmasligi uchun diniy ekstremizmda ayblangan odamlarga alohida qamoqxona qurish lozim, deyilmoqda. Bu muammoni yechishi mumkinmi?
- Galdagi masala – umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar uchun alohida qamoqxona qurish. Bu masala anchadan beri muhokama qilinmoqda. Qisqasi, shu kabi birinchi navbatdagi vazifalar yechilgandan keyingina va unda ham davlat lozim topsa, zikr qilingan toifa uchun alohida joy ajratish masalasi haqida so’z yuritsa bo’ladi. Shaxsan, men bunday zaruriyatni sezmayapman. Takror aytaman, men diniy ekstremizmda ayblanayotganlar qamoqxonalarda keng tashviqot ishlari olib borayotganiga uncha ishonmayman.
- Qamoqxona rasmiylarining aytishicha, mahbuslarning turli noqonuniy diniy oqimlarga kirib ketishiga ularning bo’sh vaqtlari ko’pligi sabab bo’layotganmish. Bu haqda nima deysiz?
- Mana Sovet paytida mehnat koloniyalarida kichkina ishlab chiqarish sexlari bo’lardi. O’sha joylarda mahbuslar ishlardi, hattoki maosh ham olishardi. Hozirgi kunda Qirg’izistonning barcha qamoqxonalarida mahbuslar ertalabdan kechgacha bekor, qiladigan bir yumushning o’zi yo’q. Juda borsa, mahbuslarning besh foizi nima bilandir band bo’lishi mumkin. Shuning uchun, dindorlarga alohida qamoqxona qurgandan ko’ra, jazo o’tash joylarida kichkina ishlab chiqarish sexlarini ochish kerak, ish joylari tuzish darkor. Mana shu narsalarga rahbariyat e’tibor qaratsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo’ladi.
- Qamoqxonalarda mahbuslarning radikal oqimlarga berilib ketmasligi uchun nima qilish kerak, deb o’ylaysiz?
- Birinchi navbatda, mahbuslarni bekor qoldirish kerak emas. Ularni ish, biror foydali mashg’ulot bilan band qilish darkor. Ikkinchidan, qamoqxona xodimlarining vazifasi – shu yerdagilarni nazorat ostida saqlash. Kim nima bilan mashg’ul? Mahbuslarda qanday ehtiyojlar bor? Ular shu narsalarni bilib turishi kerak. Albatta, odamlar bilan suhbatlar, tarbiyaviy ishlar olib borish ham muhim. Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’sha yerlarda o’tirib chiqqanlarning ko’pchiligi qadamini o’ylab bosadi. Iloji boricha, tinch yashashga harakat qiladi.
Your browser doesn’t support HTML5