Qirg'iziston qamoqxonasida 1000 dan oshiq mahbus og'zini sim bilan tikib olgan. Ular bu holatda faqat suv icha oladi. Mahbuslar bu bilan turmadagi sharoitdan norozilik bildirmoqda.
Rahbariyat vaziyat nazorat ostida deydi. Jurnalistlar 1-qamoqxona sifatida tanilgan bu inshootga kirib, ahvol bilan tanishgan. Olingan tasvirlarda jumladan turli yoshdagi mahbuslarning tikilgan lablarini ko'rasiz.
Namoyish yanvar oyida boshlangan. Qamoqxonada tartibni kuchaytirish jarayoni avj olib, mutasaddilarning aytishicha, mahbuslardan man etilgan asboblar, xususan elektronik vositalar tortib olingan.
"Nima bu dam olish maskanimi"? - deya bildiradi qamoqxona rahbari Mars Juzubekov.
"Bu mehmonxona emas. Oromgoh ham emas. Bu yer jazo maskani. Ular qanday sharoit talab qilmoqda? Nima, kameralarni ochib qo'yaylikmi, bemalol kirib chiqavering deb? Katta guruhlarni qanday to'xtatasiz? Ayniqsa, kechasi harakat qilsa. Musodara qilingan narsalarni ko'rdingiz. Plazma televizorlar, xolodilnik, krovat, to'shaklar..."
Juzubekov deydiki, og'izni tikish jinoiy to'dalar tomonidan uyushtirilgan. Ular har qanday tartibga qarshi, deydi direktor.
200 ga yaqin mahbus yaqinlari bilan ko'rishgach va inson huquqlari tashkilotlarining vakillari bilan gaplashgach, labidan simlarni olib tashlagan.