Tojikiston shimolidagi So’g’d va Qirg’iziston janubidagi Botken viloyatlari chegarasida bir nech yildirki, ixtiloflar kuzatiladi. Qirg’iziston rasmiylari nazarida bunda uchinchi tomonning qo’li bor.
Vaziyatni kuzatib kelayotgan ekspert Shohruh Soipov ziddiyat sho’rolar davridan beri mavjud, deydi. Uningcha, bugungi kichik muammolar mintaqada vaziyatni keskinlashtirishi mumkin.
“Farg’ona vodiysidagi aynan kichik muammolar kelajakda davlatlararo to’qnashuvga sabab bo’lishi mumkin. Sababi, bizning davlat afsuski, haligacha Rossiyaning qaramog’ida, yana bir tomondan, boshqa davlatlarning qandaydir qo’g’irchog’i. Ya’ni Markaziy Osiyo davlatlari hamjihat bo’lib, bir fikrga kelmas ekan, bunday vaziyat kelib chiqishi mumkin”, - deydi u.
Chegarada, dala shiyponida tojik oilasining yarim tunda otib o’ldirilishi tafsilotlari haligacha noayon qolmoqda. Buni sodir etgan shaxslar o’zaro rus va qirg’iz tilida so’zlashgani haqidagi gaplar, ba’zi tahlilchilar fikricha, qo’shni xalqlar orasiga nifoq solish uchun ataylab chiqarilgan bo’lishi mumkin.
Shohruh Soipov hodisada manfaatdor kuchlarni gumon qiladi. Uning fikricha, Qirg’izistonda ham, Tojikistonda ham yuqori va quyi pog’onadagi rahbarlar o’z ixtyori bilan ish yuritmaydi.
“Bu yerda hech kimga sir emas, ikki mamlakat Rossiya ssenariysi asosida yuradi desa bo’ladi. Qotillarning ruscha-qirg’izcha gapirishi haqidagi gap odamlarda ma’lum kayfiyat tug’dirish uchun… Biz ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumot hech qachon yuz foiz to’g’ri bo’lmaydi. Qandaydir ishoralar orqali odamlar orasida xavotirlar tug’dirish, chegarada yashayotgan qardosh xalq orasida bir-biriga qarshi fikrlar tug’dirish maqsadida shunday ma’lumotlar tarqatiladi”, - deb hisoblaydi u.
Chegarada yuzaga kelayotgan vaziyatga munosabat qo’shnilar orasida har xil.
So’g’d viloyat hukumat gazetasi Bosh muharriri Farhod Jo’rayev vaziyatning nozikligini urg’ulaydi. Chunki, deydi u, O’zbekiston bilan munosabatlar anchayin sovuq bir paytda Tojikiston ko’p sohalarda Qirg’iziston bilan hamfikr ekan, bu kabi vaziyatda vazminlik talab etiladi.
“Qirg’iz birodarlarimiz matbuotda bir tomonlama fikrlarni bildira boshlashmoqda. Lekin Tojikiston matbuotini kuzatadigan bo’lsak, O’zbekiston bilan ayrim sovuqlikni hisobga olgan holda yana bir qo’shni bilan aloqalarni buzmagan ma’qul”, - deydi u.
Ba’zi tahlilchilar so’zlariga ko’ra, taranglik Rossiya tarafdan yoki boshqa kuchlar tomonidan qizitib borilmoqda. Maqsad - yer-suv muammolarini bo’rttirib, mintaqada alanga chiqarish, deydi ular. Bunday mulohazani Farhod Jo’rayev rad etmaydi.
“Boshqa bir tashkilotlar bordir balki, uzoq ko’zlangan maqsadlar va Markaziy Osiyo o’rtasidagi tinchlikni buzish, etnik muammolarni vujudga keltiruvchilar haqida gap-so’z ketyapti”, - deydi u.
Ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari Dushanbe, Xo’jand va Botkenda o’tayotgan ushrashuvlarda ixtilofda “xorijning qo’li borligi” haqidagi da’volarni rad etadi. Ular nazarida muammo ildizi mahalliy aholi orasidagi tushunmovchilikda.
Your browser doesn’t support HTML5