Qirg’izistonda xuruj rejalaganlik gumoni bilan kamida 10 kishi ushlandi

  • Amerika Ovozi

Qirg’izistonda xuruj rejalaganlik gumoni bilan kamida 10 kishi ushlandi

Qirg’iziston xavfsizlik kuchlari prezident saylovlari chog’ida terror xurujlari rejalaganlik gumoni bilan kamida 10 kishini ushlagan.

Rasmiylarning aytishicha, “bu notinch janubning bir necha shahrida o’tkazilgan operatsiya samarasidir”.


Amaliyot paytida, shanba kuni nishondagilardan biri otib o’ldirilgan. U 15 yo’lovchi mingan avtobusni garovga olib, O’shga qochmoqchi bo’lgan, deydi rasmiylar.

Bu shaxs AQSh qora ro’yxatiga tushgan Islomiy Jihod Ittifoqi vakili ekani aytilmoqda.

30-oktabr kungi prezident saylovlariga tayyorgarlik ko’rayotgan Qirg’izistonda xavfsizlik choralari oshirilgan.