AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina sharqidagi separatistlardan va ularni qo’llab-quvvatlayotgan Rossiyadan beqarorlikka barham berishni talab qilmoqda.
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko juma kuni isyonchilar bilan sulhni yana uch kunga uzaytirdi.
Separatistlar agar Ukraina armiyasi qurol qo’llamasa, biz ham sulhga amal qilamiz, demoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Ukrainani Rossiya bilan to’qnashtirishga harakat qilyapti.
Unga ko’ra, muzokaralar Rossiya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi ishtirokida hamda AQShsiz o’tsagina, biror natija chiqishi mumkin.
Ukraina sharqida Kiyevdagi hukumatga qarshi kurashayotgan kuchlar Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining to’rt vakilini qo’yib yuborgan. Xorijiy mutaxassislar bir oydan beri ushlab turilgan edi. Hafta boshida yana to’rt vakilga ketishga ruxsat berilgan. Barchasining salomatligi joyida ekani aytilmoqda.