Liviya parlamentni saylayapti

  • Amerika Ovozi

Bing'ozi

Yangi qonunchilar 2012-yilda saylangan va mamlakatdagi beqarorlikda ayblanayotgan parlament o’rniga keladi.

Liviyada bugun parlamentga saylovlar o’tayapti.

200 kishilik organga saylanish uchun 1600 dan ziyod nomzod kurashayapti. 32 o’rin ayollar uchun ajratilgan.

Qonunchilar 2012-yilda saylangan va mamlakatdagi beqarorlikda ayblanayotgan parlament o’rniga keladi. Sharqiy viloyatlardagi zo’ravonlik va hujumlar bois aholi ovoz berishi mushkul.

Sobiq rahbari Muammar Qaddafiyni 2011-yilda hukumatdan ag’darishda qatnashgan jangari guruhlar hali ham Liviyada qolmoqda.

Ular mamlakatning har hil qismlarida, yirik portlarda o’rnashib olgan va iqtisodga ziyon keltirmoqda.