Liviya Libiy borasida AQSh elchisidan izoh talab qildi

  • Amerika Ovozi

Anas al-Libiy 1998-yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida xurujlarni rejalaganlikda ayblab kelinadi.

Liviya rahbariyati AQSh elchisini huzuriga chorlab, Amerika maxsus kuchlari o’tkazgan operatsiya va al-Qoida yetakchisi ushlangani bo’yicha savolga tutgan.

Qo’shma Shtatlar harbiylari Tripolida shanba kungi amaliyot natijasida Abu Anas al-Libiyni hibsga olgan edi.

49 yoshli bu shaxs 1998-yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida xurujlarni rejalaganlikda ayblab kelinadi. O'shanba 240 dan ziyod odam halok bo'lgan.

AQSh rasmiylarining aytishicha, Libiy xurujlar oldidan elchixonalar haqida axborot to'plab, al-Qoidaga uzatgan.

Liviya Adliya vazirligi Libiy o’g’irlangani yuzasidan elchi Debora Jounsdan izoh talab qilgan.

Davlat kotibi Jon Kerri operatsiya qonun doirasida o’tkazilgan, Liviya hukumatining e’tirozi esa asossiz, deydi.