Malida ikki shahar jangarilardan tortib olingan

  • Amerika Ovozi

Maliga jangarilar bilan jang qilish uchun yordamga borgan fransuz askarlari, poytaxt Bamakodagi aerodrom, Mali, 16-yanvar, 2013-yil.

Fransiya va Mali qo’shinlari Malining Diabali shahrini islomiy jangarilardan tortib olishga muvaffaq bo’ldi. Jangarilar shaharni bir hafta oldin ishg’ol qilgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 21-yanvar, 2013-yil


Shundan so’ng Fransiya aviatsiyasi ularning pozitsiyalarini tinmay bombardimon qilgan.

Mahalliy aholiga ko’ra, jangarilarning bir qismi Diabalini tark etgan, boshqalari esa shaharliklar bilan qorishib ketishga harakat qilmoqda. Harbiylar yerosti minalari va portlovchi moddalarni qidirmoqda.

Mali shimolini o’tgan yildan beri nazorat qilayotgan jangarilar poytaxt Bamakoga yaqinlashgani bois Fransiya Maliga yordam berishga ahd qilib, 10 kun ilgari qo’shin kiritgan edi.

Fransiya Mudofaa vaziri Jan Iv Ledrianning aytishicha, Duentza shahri ham jangarilardan tortib olingan.

"Malini ulardan butunlay tozalaymiz", - dedi Ledrian.

Nigeriya, Togo, Niger va Benin qo’shinlari ham Afrika kuchlari tarkibida Maliga yordam bermoqda.