Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubda 39 kishini o’ldirganlikda gumonlangan odam ushlangan. Turk matbuotiga ko’ra, o’zbekistonlik Abdulqodir Masharipov dushanba kuni Istanbulning Esenyurt mahallasida, qirg’izistonlik do’stining uyida qo’lga tushgan.
Istanbul hokimi Vasip Shahinning aytishicha, Masharipov aybini bo’yniga olgan. Turkiya televideniyesi uning ushlangani haqidagi videoni ko’rsatgan. Masharipov turgan uyda bir necha odam, jumladan, uch ayolning bo’lgani aytilmoqda.
Politsiya Masharipovni o’tgan hafta topgan, ammo kimlar bilan aloqaga chiqishini o’rganish uchun uni darrov hibsga olishmagan.
Voqeaga aloqadorlik gumoni bilan 40 dan ziyod xorijliklar qo’lga olingan.
Masharipov Afg’onistonda maxsus tayyorgarlikdan o’tgani aytilmoqda.
“Islomiy davlat” jangari guruhiga aloqador markaziy osiyoliklar so’nggi ikki yilda Turkiyada uch marotaba xuruj uyushtirgan.
Your browser doesn’t support HTML5