Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Qirg’iziston onalar o’limi bo’yicha Markaziy Osiyoda oldingi o’rinda. Har yuz ming homilador ayolning ellik nafari hayotdan ko’z yumadi. Bu ko’rsatkich keyingi 10 yil ichida deyarli o’zgarmagan. «Amerika ovozi» mahalliy shifokorlar, fuqaro jamiyati vakillari hamda onalarni suhbatga tortdi.
Onalarning tug’ruq paytida yoki farzandni dunyoga keltirishi ortidan hayotdan ko’z yumish hollari O’sh viloyatida ham bot-bot qayd qilinadi. Aksar hollarda shifokorlar bu fojiani iqtisodiy-ijtimoiy sabablar hamda ayollarning o’z salomatligiga beparvoligi bilan izohlaydi.
O’sh shahar tug’ruqxonalaridan biri bo’lim boshlig’i Mirzoim Razayeva deydiki:
«Bizga kelayotganlarning ko’pi kamqon, behol. Rossiyada, u yoq-bu yoqda ishlab yurib, salomatligiga ahamiyat bermagan, tibbiy nazoratda turmagan. Ko’p xonadonlarda yemak-ichmak to’yimli, to’laqonli emas. Sog’lom ayol asoratsiz tug’ib oladi, nosog’ juvon ko’z yorishi esa xatarli. Muddatidan ilgari tug’ish hollari ko’p bolayapti. Sabab qiz-juvonlar bozorlarda issiq-sovuqda yuk ko’tarishadi».
O’shlik qaynona Hamida opa nazarida tibbiyot xodimlari saviyasi ham avvalgidan past.
«Ko’p yosh shifokorlar pul bilan o’qigan va tajribasi oz. Bo’lar-bo’lmasga kesar yo’li bilan tug’ishni taklif qilishadi va ayollar jarrohlik amaliga borishadi. Qolaversa, qizlarni kuyovga yosh uzatishyapti – ular turmushga ham, ko’z yorishga ham tayyor emas”, - deydi onahon.
Uningcha, ona-bolalar sog’ligiga atrof-muhitning bulg’anishi, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari salbiy ta’sir qilmoqda. Boshqa tarafdan, hammaning ham hamyoni bozorlardagi hozirgi narhlarni ko’tara olmaydi.
Mahalliy nodavlat tashkilotlardan birining rahbari Elmira Umarova fikricha, moddiy taqchillik, oilaviy zo’ravonlik hollari ayniqsa ona-bola salomatligiga jiddiy putur yetkazadi.
«Ona va bolalar nobud bo’lish hollari ko’proq nochor xonadonlarda sodir bo'lmoqda. Vaqtida doktorga ko’rinib, davolanish, dori-darmon sotib olish uchun ham cho’ntagiga mablag’ bo’lishi kerak-da», - deydi Elmira Umarova.
Mutaxassisning aytishicha, ayrim hollarda tibbiyot xodimlari malakasi yuqori emasligi, qishloq kasalxonalarida zamonaviy uskunalar va ularni ishlatadigan mutaxassislar yetishmasligi ham ko’zga tashlanadi.
Suhbatdoshlar ta’kidlashicha, ona-bola hayoti, salomatligi uchun har-bir xonadon va mutasaddi idoralar javobgar. Ular mas’uliyatni doim his qilishi joiz.
Qaynona Hamida aya oila sarflarini to’gri rejalashtirish, saranjom-sarishta ishlatish tarafdori. Uningcha, to’ylarga katta pul sarflab, keyin och-nahor o’tirib qarz uzish aqldan emas.
Ijtimoiy masalalar bilan shug'ullanadigan nodavlat tashkilot rahbari Elmira Umarova aholi orasida, yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini yo’lga qo’yish lozimligini ta’kidlaydi.
Shifokor Mirzoim Razayeva deydiki, ona-bola salomatligini saqlashning asosiy omili – turmush farovonligini oshirish, odamlarni ish va daromad bilan ta’minlash.
Ayollar shifokori sifatida u bir voqelikka urg'u beradi: mahalliy tug’ruqhonalarda o’rta maosh hozir 8 ming qirg’iz so’mi atrofida, yani taxminan 150 AQSh dollari bo’lib, moddiy ahvoldan qoniqmagan malakali xodimlar xorijga ketib qolmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5