Qirg’izistonda oilaviy zo’ravonlik hollari ko’payib borayotgani qayd etiladi. Bu azaldan katta muammo, lekin bugun yanada keng tus olgan, deydi masalaga qarshi kurashayotgan tashkilotlarning vakillari.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Qirg’izistonda oilaviy ziddiyatlar yuzasidan ko’mak ko’rsatuvchi 13 krizis markazi mavjud. O’tgan yili ushbu maskanlar hamda huquq-tartibot tizimlariga 10 mingdan ziyod fuqaro yordam so’rab murojaat qilgan, aksariyati ayollar.
Kuzatuvchilar oiladagi zo’ravonlik hollari tobora ko’payayotganini ta’kidlaydi. Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, ayanchli oqibatlarga olib kelayotgan bunday mojarolarga nafaqat ishsizlik, moddiy taqchillik, balki o’z juftiga xiyonat, yildan yilga ildiz otayotgan qo’shxotinlilik sabab bo’layotir.
O’shdagi “Aq jurok” deb nomlangan krizis markaziga o’tgan yili 790 nafar ayol ko’mak sorab kelgan. Shuningdek, 103 nafar erkak oilaviy muhitdan shikoyat qilib eshik qoqqan. Joriy yilning to’rt oyida jabrlanganlar soni 370 dan oshgan. Ular orasida bolalar ham bor.
“Oiladagi janjallar, zo'ravonlik turmush sharoitining og'irligi, ichki-tashqi migratsiyaning zo’rayishidan ham kelib chiqayapti. Muhojiratda yurganlar o’sha yerda yana uylanib olishayapti; bola-chaqasini bu yerda tashlab, ajralishlar ko’payayapti”, - deydi markaz boshlig’i Bariykan Asilbekova.
O’sh shahar ijtimoiy xizmati bo’lim boshlig’i Gulzina Rayeva deydiki:
“Zaruriyat bo’lsa, ona-bola hafta-o’n kun krizis markazida yashaydi. Murojaat qiluvchilarga ruhiy, huquqiy, ijtimoiy, kerak bo’lsa tibbiy ko’mak ko’rsatiladi. Kimgadir nogironlikka chiqishda, kimgadir yo’qolgan hujjatini tiklashda yordam berish lozim bo’ladi. Krizis markazlari ko’magiga muhtoj erkaklar ham oz emas”.
Yaqinda mahalliy nodavlat tashkilotlardan biri oiladagi munosabatlar xususida tadqiqotlar o’tkazgan. Tashkilot rahbari Elmira Umarovaning aytishicha, oiladagi mojaro hamda zo’ravonliklarning asosiy sabablari – ishsizlik va uning ortidan kelib chiqayotgan moddiy taqchillik. Shuningdek, oilaga xiyonat, ko’pxotinlilik.
Mahalliy mutaxassislar xonadondagi ruhiy, ma’naviy bosim sabab ko’p yosh ayollar tushkunlikka tushib qolayotganini urg’ulaydi.
“Qizlarimizni 15-16 yoshda kuyovga uzatishayapti. Vaholanki, bu yoshda ular oilaviy turmushga tayyor emaslar va zimmalariga tushayotgan yukni ko’tara olishmaydi. Kuyov-qaynonalarning uddasidan chiqish og’ir kechayapti”, - deydi Umarova.
Aytish joizki, ayollar ko’p hollarda krizis markazlariga murojaat qilishga tortinishadi, andisha qilishadi. “O’zlari shifokorlarga uchrab, u yer bu yerda davolanib yurganlar juda ko’p”, - deydi suhbatdosh.
Elmira Umarova yetakchilik qilayotgan nodavlat tashkilot kuzatuvlariga ko’ra, mahalliy krizis markazlaridagi shart-sharoit talabdagiday bo’lmasa-da, muhtoj ayollar ushbu boshpanani afzal ko’radi.
O’shdagi “Aq jurok” krizis markazi rahbari Bariykan Asilbekova fikricha, oilaviy muhit, zo’ravonlik masalasiga jamiyat, davlat darajasida ko’ngil burish darkor.
“Agar oila mustahkam bo’lmasa, mamlakat ham qiyinchiliklarga uchraydi. Oila tinch, mustahkam - demak mamlakat mustahkam”, - deydi u.
Suhbatdosh nazarida, davlat oilani mustahkamlash, zo’ravonlikni jilovlash yo’lida axborot, ma’lumot-ma’rifat resurslaridan keng foydalanishi kerak.
“Ikkinchidan, mamlakat ijtimoiy ahvolni yaxshilashi, ishsizlikni, ichki va tashqi mehnat muhojiratini ozaytirish yo’llarini izlashi lozim. Eng muhimi umumdavlat mafkurasi kerak, toki odamlar asl qadriyatlarni e’zozlasin”.
Oila va bolalar bilan ish olib boradigan tashkilot rahbari Elmira Umarova birinchi navbatda ish o’rinlarini ko’paytirish lozim, deb hisoblaydi. Bu oila farovonligini oshiradi va oilaviy mojarolarni ozaytiradi.
Zo’ravonlik uchun jazo choralariga kelsak, suhbatdosh qamoq jazosidan ko’ra yirik jarima chorasi afzal, deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu holda er-xotin oila byudjetiga ehtimol ziyon yetishi haqida ham o’ylab ko’radi.
Yuqorida aytganimizdek, oilaviy janjallarning sabablaridan biri – o’z juftiga xiyonat, qo’shxotinlilik hollari.
“Yaqinda O’sh mahallalarida izlanish olib borgan edik, 95 foiz erkaklar qo’shxotinliliklar ro’yxatiga tushib qoldi. Ularning 35-40 foizi o’z munosabatlarini qay bir tarzda rasmiylashtirgan ekan. Qolganlari kimgadir pinhona nikoh o’qitib olgan yoki o’zaro ma’qullik asosida yashamoqda. Albatta, bu ko’rinish oila mustahkamligiga putur yetkazadi”, - deydi Umarova.
Suhbatdosh bunday hollarda nikoh amalini o’tkazayotgan din xizmatchilari mas’uliyatini oshirish lozimligini ham ta’kidlaydi.
Mahalliy mutaxassislar nafaqat yoshlar, balki butun aholi orasida turmush madaniyati, oilaviy, insoniy munosabatlar madaniyati borasida keng ma’rifiy ishlar olib borish zaruriyatini aytadi.