Breaking News

Bolajon O'zbekistonda minglab ayollar majburan bepusht qilingan, deydi tadqiqotchi jurnalist


O’zbekistonda o’tgan yillar ichida minglab ayollar majburan yoki o’zi bilmasdan sterilizatsiya qilingan bo’lishi mumkin
O’zbekistonda o’tgan yillar ichida minglab ayollar majburan yoki o’zi bilmasdan sterilizatsiya qilingan bo’lishi mumkin
Sterilizatsiya – insonni bepusht qilish. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, bu jarayonda erkaklarning urug’ yo’li, ayollarning tuxum yo’li qirqib tashlanadi yoki bog’lab qo’yiladi. Organizmga unchalik zarar yetkazmaydi, deydi mutaxassislar. Muammo shundaki, o’zini bolajon xalq deb biluvchi O’zbekistonda o’tgan yillar ichida minglab ayollar majburan yoki o’zi bilmasdan sterilizatsiya qilingan bo’lishi mumkin.

“Amerika Ovozi” murojaat qilgan shifokorlar, tibbiy xodimlar va mutasaddilar muammoni tan oldi lekin bu borada ochiq gapirishni istamadi. Bepusht qilingan ayollar ham dardini ichiga yutishni ma’qul ko’radi. Bu masalada azaldan baralla so'zlab, shaxsan o’zi uchun ham adolat talab qilib kelayotgan Mo’tabar Tojiboyevaga quloq tutdik.

2005-yilning may oyidagi Andijon voqealari ketidan hukumatni keskin tanqid ostiga olgan huquq faoli noqonuniy tashkilotga a’zolik va tuzumni haqorat qilganlikda aybdor deb topilib, 2006-yilda sakkiz yillik qamoqqa hukm qilingan. 2008-yilning yozida G’arb bosimi bilan ozodlikka chiqarilgan va hozirda Yevropada yashaydi. 2008-yilning yanvar-fevral oylaridagi tibbiy ko'rik va operatsiya haqida hikoya qilar ekan, Tojiboyeva “bu qiynoqning bir usuli edi, maqsad mening ovozimni o’chirish, ruhimni o’ldirish va faoliyatimga nuqta qo’yish edi”, - deydi.

Mo'tabar Tojiboyeva - qamoqdagi -majburiy sterilizatsiya-qissasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:50 0:00
Yuklab oling

Toshkentda 2012-yilning may oyida farzand ko’rganidan keyin bachadoni ruxsatsiz olib tashlangan bir juvon so’zlari bilan aytganda, onalik huquqi uchun ayolning o’zi kurashmasa bo’lmas ekan. Qo’rqib, dardni ichga yutamiz, kelajak haqida o’ylaymiz, lekin jonimizning bir parchasi ruxsatsiz olib tashlanishiga ko’nib yashash juda qiyin ekan.

Samarqand
Samarqand
Bir necha yillardan beri O’zbekiston kasalxonalari va ayollar salomatligi bo’yicha izlanib kelayotgan xalqaro jurnalist Natalia Antelava yaqinda o’z tadqiqoti natijalarini e’lon qildi. Vashingtonda davra suhbatida o’z xulosalari bilan o’rtoqlashdi.

Bolajon O'zbekistonda minglab ayollar majburan bepusht qilingan - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:45 0:00
Yuklab oling

Natalia Antelava - Gwendolyn Albert - Forced Sterilization in Uzbekistan - OSI
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:37:48 0:00
Yuklab oling

O’zbekiston hukumati 13 yildirki aholi sonini nazorat qilish bahonasi bilan ayollarni majburiy sterilizatsiya qilishda davom etmoqda, deydi Antelava. Markazda qabul qilingan, lekin biror bir qog’ozda topilmaydigan farmonga ko’ra, tug’ruqxonalarda har yili minglab ayollar bepusht qilinadi.

“Amerika Ovozi” bilan anonim tarzda gaplashgan bir tibbiy xodimning aytishicha, odatda otalardan tilxat olinadi, ular rafiqasining boshqa farzand ko’ra olmasligiga rozi ekanini bildirib, imzo chekadi. Lekin boshqa joylarda erkaklar u yoqda tursin, hatto onaning o’ziga bu borada ma’lum qilinmaydi. Biz bilan so’zlashgan toshkentlik ayol bachadoni olib tashlanganini bir necha oydan keyin tasodifan bilib qolgan.

Natalia Antelava O’zbekistonga kiritilmagan, ammo o’zbekistonlik onalar bilan chegarada va xorijda muloqot qilgan. Jabrlanuvchilardan tashqari 14 tibbiy xodim, Sog’liqni saqlash vazirligining ikki rasmiysi va 54 shifokor bilan suhbatlashgan, so’rovlar o’tkazgan.

Majburiy sterilizatsiya yashirin siyosatmi?
Majburiy sterilizatsiya yashirin siyosatmi?
Yoppasiga sterilizatsiya ketayapti deyish qiyin, ammo bu siyosat hamon kuchda, deydi jurnalist o’z qo’lidagi dalillarga ishora qilib. Ko’p hollarda bepusht qilish amaliyoti viloyat va qishloq ayollariga qaratilgan, deydi u.

MAJBURIY-IXTIYORIY?

Uch-to’rt farzanddan keyin boshqa bola bo’lmasligi uchun shifokorlar shunday chora ko’rishi tabiiy degan qarash ham keng tarqalgan. Kunini zo’rg’a ko’rayotgan ekan, yana bola kerakmi shunga deb ham bechora onalar sterilizatsiya qilingan hollar ko’p, deydi Natalia Antelava.

Tug’ruqxonalarda vaziyat xarob, deydi Toshkent viloyatidan bir ona. Doktorga 200-300 dollar berib eson-omon tug’ib olgach ona uyga qaytgisi keladi. Shifokorlar boshqa tug’ma deb maslahat berayapti deya bepusht bo’layotgan ayollar ham bor. Doktorning gapi to’g’ri deysiz. Homiladorlikdan asranishning eng oson va ma’qul yo’li shudir deb o’ylaysiz. Afsuslanasiz keyin, lekin endi kech.

O'nlab shifokorlar va tibbiy xodimlari amaliyot haqiqat ekanini aytgan
O'nlab shifokorlar va tibbiy xodimlari amaliyot haqiqat ekanini aytgan
Kasalxonalar esa yuqoridan kelgan “planni” bajarishi kerak. Natalia Antelava to’plagan ma’lumotlarda ayrim shifokorlar zarur asboblarsiz ham sterilizatsiya amaliyoti bajarilgani, ba’zi hollarda esa bunday qilishdan bosh tortgani uchun ishdan olingani haqida hikoya qiladi.

Reproduktiv salomatlik ko’plab xalqaro tashkilotlar diqqat markazida. Lekin O’zbekistonda faoliyat yuritadigan UNICEF, BMT bolalar fondi hamda UNDP, BMT Taraqqiyot dasturi bu masalaga aralashmaydi. BMT Aholishunoslik fondi ham muammmoga ko’z yumib kelmoqda, deydi Antelava. Xalqaro hamjamiyat jimgina kuzatmoqda. G’arb diplomatlari “bu ichki masalaga” aralashmoqchi emas.

2014-yil O'zbekistonda Sog'lom bola yili
2014-yil O'zbekistonda Sog'lom bola yili
O’zbekistonda, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, onalar orasida o’lim hollari ancha past. Hukumat bunga yutuq sifatida qarar ekan, sterilizatsiya orqali bu ko’rsatkichni ushlab turishga urinmoqda, deydi jurnalist.

Global miqyosda sterilizatsiya hollarini o’rgangan olima Gvendolin Gilbert deydiki, bepusht qilish siyosati dunyoning har yerida uchraydi. G’arbda, masalan, qamoqxonalarda sterilizatsiya amaliyoti keng qo’llaniladi. Lekin yondashuv turlicha. O’zbekistonda, uning kuzatishicha, hukumat bu siyosatni qog’ozga tushirmay va bu borada sukut saqlab, javobgarlikdan o’zini olib qochayapti. Vaholanki, deydi u, inson huquqlari buzilmoqda. Majburan bepusht qilingan ayollar soni aniq emas, ammo ularni har yerda uchratasiz.

Tuzum xalq bilan hisoblashishga o'rganmagan, lekin muammoni yashira olmaysiz, deydi Natalia Antelava.

Natalia Antelava, jurnalist
Natalia Antelava, jurnalist
Prezident Islom Karimov bosh qomusning 21 yilligi munosabati bilan so’zlab, 2014-yilni Sog’lom bola yili deb e’lon qildi.

O’tmishda Sog’lom avlod uchun, Sog’lom ona va bola yili singari shiorlar yangragan va hukumat hozir ham shuni qayd etadiki, asosiy diqqat-e’tibor aholi sog’lig’ini saqlashda, xususan onalar salomatligiga qarash, oilalarga ga’mxo’rlik qilishda, qolaversa oilani to’g’ri rejalashtirishni targ’ib etishda. Ammo shu paytgacha biror rasmiy yuqorida tilga olingan muammo yuzasidan biror savolga javob bermadi.

O’zbekistonda, ayrim shifokorlar aytganidek, har bir oilaga ikki farzand deb rasman belgilanganmi? Sterilizatsiya amaliyoti shuning uchun qo’llanilyaptimi? Javob yo’q.

Akmal Saidov, O’zbekistonning huquq bo’yicha yetakchi rasmiysi, Oliy Majlis a’zosi o’z chiqishlarida sterilizatsiya majburiy emas, ayol roziligisiz qilinmaydi deya ta’kidlagan xolos.

Farg'ona viloyatidan mahalliy jurnalist o'z kuzatuvlarini shunday izhor etadi:

"Insonni bepusht qilish bu – umummilliy fojea, ya’ni avlodlar ildiziga bolta urish demak. Agar qonun nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, bu – ayolning shaxs, inson, yana boringki, fuqaro sifatida kamsitilishi, huquqlarining suiiste’mol qilinishidir. Agar diniy tomondan yondashadigan bo’lsak ham, bu – gunohi azim. Chunki dinda aytilishicha, har bir musulmon er-xotin o‘zidan keyin bittadan musulmon nasl qoldirishi bu – sunnat, agar ikki nafardan ko‘p farzand qoldirsa, bu – savob, albatta. Misol uchun hali ish faoliyatim davomida ayollarning majburiy sterilizatsiya qilinayotgani haqida eshitganim yo‘q. Bordi-yu agar mo‘tabar ayollarimiz yana ona bo‘lish baxtidan mosuvo qilinayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bugun umummilliy harakatga aylangan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyili ham, “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish o‘zbek modeli” ham, 2011-yil 26-noyabrda Toshkent o‘tkazilgan xalqaro anjumanda eng rivojlangan mamlakatlardan kelgan yirik mutaxassislarning bu boradagi erilshilgan muvaffaqiyatlarni e‘tirof etgani ham, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 1998-yildan boshlab yaratilgan “Ona va bola skriningi” davlat tizimi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, albatta. Bordi-yu agar mo‘tabar ayollarimiz chaqaloq ovozini yana eshitishdek muqaddas baxtdan mosuvo qilinayotgan bo‘lsa, 2013-yilning o‘tgan 9 oyi davomida Farg‘onada 22480 nafar ayol davlat tomonidan bepul birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va yana boshqa u qilindi, bu qilindi degan hisobotlar kishi ensasini qotirishdan boshqa narsaga yaramaydi".
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG