Breaking News

Mo’tabar Tojiboyeva O’zbekiston hukumati ustidan shikoyat qilmoqda


Maqsad surunkali ravishda huquq himoyachilariga tazyiq va bosimlar o’tkazib kelayotgan hukumatni javobgarlikka tortish imkoni borligini ko’rsatish.
Maqsad surunkali ravishda huquq himoyachilariga tazyiq va bosimlar o’tkazib kelayotgan hukumatni javobgarlikka tortish imkoni borligini ko’rsatish.
Huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyeva o’ziga yetkazilgan qiynoq, moddiy va ma’naviy zarar uchun O’zbekiston davlat idoralarini javobgarlikka tortmoqchi. U shikoyatini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yo’llagan.

Mo'tabar Tojiboyeva rasmiy Toshkentga javobgarlikka tortmoqchi/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00
Yuklab oling

“Qiynoq qurboni sifatida markazi Londonda bo’lgan qiynoq qurbonlarini himoya qiluvchi tashkilotga, Fransiyadagi inson huquqlari tashkiotiga 2010-yilda murojaat qilgan edim. Bu tashkilotdagi huquqshunoslar masalani o’rganishdi, mening nomimdan arizani tayyorlab BMTga toshirishdi. BMT esa birinchi marta arizada keltirilgan qiynoq holatlari yuzasidan izoh so’rab O’zbekiston hukumatiga murojaat jo’natdi”, - deydi Fransiyada ro’yxatdan o’tgan “O’t yuraklar” inson huquqlari tashkiloti rahbari Mo’tabar Tojiboyeva.

Uning aytishicha, maqsad huquq himoyachilariga surunkali ravishda tazyiq va bosimlar o’tkazib kelayotgan hukumatni javobgarlikka tortish imkoni borligini ko’rsatish.

“Birinchi navbatda mening ishim misolida O’zbekiston hukumati mustaqil fikrlovchi faollarga nisbatan sodir etayotgan jinoyatlarini ochiqlash. Albatta, BMTda qiynoq qurbonlari bo’lgan boshqa faollarning ishlari ham ko’rilgan. Deylik, A’zam Turg’unovning ishi biror natijasiz yakunlandi. Biroq men qiynoq qurboni sifatida to’xtab qolmoqchi emasman, qo’limdagi dalillar bilan oxirigacha kurashmoqchiman”, - deydi Tojiboyeva.

Faol javobgar shaxslarga nisbatan aniq choralar ko’rilishini, unga yetkazilgan zarar uchun tovon to’lanishini talab qilmoqda.

“Mansabdorlarning Yevropaga kirishini taqiqlash haqidagi talablarni ham ko’tarib chiqmoqchiman. Men oxirigacha kurashaman va O’zbekiston hukumatidan menga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun pul undirmoqchiman. Bu pulni o’zimga o’xshagan qurbonlar himoyasi uchun sarflashni niyat qilganman. O’zbekiston hukumati mening ishim bo’yicha aybsizligini isbotlashi qiyin, chunki BMT ixtiyoriga bu boradagi barcha hujjatlar taqdim etilgan”, - deydi faol.

O’zbekistondagi eng faol huquq himoyachilaridan biri bo’lgan Tojiboyeva 2005-yilda 20 ga yaqin ayblov bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Qamoqda uning sog’ligi keskin yomonlashadi, jarrohlik amaliyotlaridan birida uning bachadoni olib tashlanadi. Tojiboyevaning aytishicha, bu operatsiya uning xohishiga qarshi o’tkazilgan.

Huquq himoyachisi 2008-yilda AQSh Davlat departamentining “Jasoratli ayol” (video) mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Bir necha yildirki, Fransiyada yashayotgan faol O’zbekiston turmasidagi qiynoqlar haqida “Qiynoqlar orolining asirasi” nomli asar ham yozdi.

Quyida Mo'tabar Tojiboyeva bilan 2009-yilda qilingan suhbat... Faol bilan to'rt qismli muloqotni mana bu yerda tomosha qilish mumkin: http://youtu.be/NV6sskzqoqQ


  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG