Qozog’iston sudi yana bir qochqinni O’zbekistonga topshirish bo’yicha hukm chiqargan. Huquq himoyachilari bu qarorni qoralamoqda. So’nggi paytda Rossiya va Qozog’istonda ushlanib O’zbekistonga topshirilayotgan qochqinlar soni ortgan. O’zbekiston huquq tartibot idoralari ishtirokida o’tayotgan bu amaliyotlarni o’rgangan faollar tahdid ostida.
Qozog’iston sudi qaroriga ko’ra O’zbekistonga topshirilishi kutilayotgan Xayrulla Tursunov yuzasidan Fransiyada joylashgan “O’tyuraklar klubi” bayonot bilan chiqqan.
Tashkilot rahbari Mo’tabar Tojiboyeva O’zbekistonda konstitutsiyaviy tuzumga qarshi tajovuzda ayblanayotgan Xayrulla Tursunov hayoti xavf ostida deydi.
“Xayrulla Tursunov o’z hayotiga bo’lgan bosimlardan so’ng Rossiyaga chiqib ketadi. Rossiyadan ishlab yurib Qozog’istonga qaytadi va qochqinlik maqomini so’rashga majbur bo’ladi. Bugungi kunda Qozog’istonda qochqinlik maqomini so’rayotgan o’zbekistonliklar hayoti xavf ostida… Avval O’zbekistonga 23 nafar qochqin topshirilgan edi yoki Xitoyga qaytarilgan uyg’ur faolini misol keltirish mumkin. Bunday holatlar afsuski juda ko’p, Qozog’iston ham inson taqdiriga befarq qarab ularni hatto o’lim kutayotgan mamlakatlarga jo’natib yubormoqda”, -deydi Tojiboyeva.
BMTdan boshpana so’rayotgan o’zbek qochqinlarini Rossiya va Qozog’istondan O’zbekistonga qaytarilish hollari ancha ko’paygan.
Tahlilchilar qayd etadiki, Qozog’iston o’zbek qochqinlarini sud hukmiga ko’ra O’zbekistonga topshirish amaliyotini qo’llab keladi. Nursulton Nazarboyev rahbariyati buning uchun dunyo jamoatchiligi tomonidan tanqidga uchragan, biroq xalqaro majburiyatlarni bajarmagani uchun jazosiz qolishiga ishonadi. Shu bois bu amaliyot davom etaveradi.
Rossiyada esa bu boradagi tajriba biroz boshqacharoq, qochqinlar har doim ham bevosita ekstradisiya qilinmaydi, balki kutilmaganda maxsus xizmatlar tomonidan o’g’irlab ketiladi.
“Agar Rossiya qochqinni qaytaradigan bo’lsa sudga murojjat qilgan taqdirda ancha katta miqdordagi jarimaga tortilishi mumkin. Yevropa sudi tomonidan bunday qarorlar chiqarilgan. Shuning uchun ham Qozog’istondagi kabi rasmiy sudlov o’tkazib, qochqinni topshirish holatlari kam… O’zbekiston maxsus xizmati vakillari bilan til biriktirgan holda qochqinlarni o’g’irlash yoki yashirin tarzda berib yuborish hollari ko’paygan”, - deydi Tojiboyeva.
O’zbekiston maxsus xizmatlarini Rossiyadagi qochqinlarga ko’rsatayotgan qiynoq va tajovuzlari yuzasidan tadqiqot qilgan huquq himoyachisi Vitaliy Ponamaryov yaqinda tahdidga tutuldi. Toshkentdan yuborilgan elektron xatlarda Vitaliy Ponamaryovga o’ldirish bilan tahdid qilinadi.
Rossiyada faoliyat yuritayotgan huquq himoyachsi Bahrom Hamroyevga ko’ra, qochqinlarning hibsga olinishi, og’irlanishi, bu amaliyotni o’tkazayotgan o’zbek maxsus xizmati vakillarini ism shariflari ham ma’lum.
Panamaryovga qilingan tahdidlar ana shu noqonuniy amaliyotlarning ayon bo’lishi ortidan kuzatilgan.
“O’zbekiston hukumati Rossiyada qilayotgan jinoiy harakatlarini dunyo hamjamiyati oldida ochilishini istamaydi. O’zbek qochinlarining qanday o’g’irlanishi, maxsus xizmat vakillarining Rossiyadagi faoliyatini Panamaryov ochib berdi. Shundan so’ng Panamaryov nomiga o’ldirish tahdidi bilan xatlar keldi. Men o’zim ularning ayrimlarini tarjima qilib berdim. Bu xatlar albatta O’zbekiston hukumati tomonidan qilinayotgan ishlar”, - deydi Bahrom Hamroyev.
Faollarga ko’ra, o’zbekistonlik qochqinlar uchun Rossiya ham, Qozog’iston ham xatarli mamlakat aylangan. BMT bu borada o’zining keskin pozitsiyasini bildirishi zarur.
Xalqaro qonunchilikka ko’ra, qidiruvdagi shaxslar va qochqinlar qiynoqlar qo’llaniladigan mamlakatga topshirilmasligi kerak. O’zbekistonda qiynoqlar qo’llanishi esa BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’p marta qayd etilgan.
Yana bir xavotirli ma’lumot shuki, O’zbekiston agentlari qiynoq qo’llash usulini mamlakat tashqarisida, xususan Rossiyadagi hibsxonalarda o’zbek qochqinlari bilan o’tgan surushturuvlarda ham qo’llay boshlagan.