Breaking News

Amerika Qozog’istonda muxolifat vakili qamalganini tanqid qildi


Janaozenda ichki ishlar xodimlari odamlarga qarata o't ochganini tanqid qilgan 52 yoshli muxolifat vakili Vladimir Kozlov hozir panjara ortida.
Janaozenda ichki ishlar xodimlari odamlarga qarata o't ochganini tanqid qilgan 52 yoshli muxolifat vakili Vladimir Kozlov hozir panjara ortida.
Qo’shma Shtatlar Qozog’istonda yetakchi faollardan biri qamoqqa olinganini tanqid qilib, hukumatni adliya vositasida muxolifatning og’zini yopishga urinayotganlikda aybladi.

AQShning Ostonadagi elchixonasi bayonot berib, Vladimir Kozlovga qarshi sud ishi, mamlakatda nafrat va zo'ravonlik kayfiyatini targ'ib qilganlik ayblovidan xavotir bildirgan. Faol dushanba kuni yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Prokuratura uning mol-mulki musodara qilinadi, deydi.

Ro’yxatga olinmagan "Olg’a!" partiyasi rahbari Kozlov o’tgan yilning dekabrida 15 kishining hayotiga zomin bo’lgan konchilar namoyishida qatnashgani uchun yanvarda qo’lga olingan edi. 52 yoshli faol hukumat xatti-harakatini noloyiq deya, ichki ishlar xodimlari odamlarga qarata o't ochganini qattiq tanqidga olgan edi.

G’arbda Janaozen shahridagi to’polon Qozog’istonda 20 yillik mustaqillik shodiyonalari ketidan avj olib, ishidan ayrilgan konchilar chiqishi qonli tus oldi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi "Human Rights Watch" tashkiloti nazarida Kozlovning ishi Qozog’istonda so’z erkinligiga yana bir zarbadir.

Nyu-Yorkda asoslangan guruh ekspertlari deydiki, faol hukumatni ochiqchasiga tanqid qilgani uchun javob bermoqda va sud ishi xalqaro me’yorlarga javob bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG