O’zbekistonda Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan amnistiya bo’yicha mahkumlarni ozod etish jarayoni davom etmoqda. Lekin bu avf soni oshib borayotgan siyosiy mahbuslar uchun biror o’zgarish qilishi gumon.
Faollar fikricha, davlatning qora ro’yxatiga kirgan bu insonlar hech qachon amnistiyaga tushmaydi.
Har yili yangi amnistiya qarori chiqqach, siyosiy mahbuslar ham avf etilarmikan, degan savol tug’iladi.
Ayrimlari hatto asosiy jazo muddatini allaqachon o’tab bo’lgan, ammo hanuz panjara ortida. Faollar buning sababini davlatning qora ro’yxatiga bog’lashadi.
Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning aytishicha, ro’yxat tobora uzayib bormoqda.
“Bular sirasiga salkam 11 ming diniy e’tiqod mahbuslarini, muxolifat, huquq himoyachilarini kiritish mumkin. Keyingi paytda ro’yxatga tadbirkorlar ham kiritilmoqda. Bizdagi ma’lumotga ko’ra, “Rustambank” asoschisi Rustam Usmonovga nisbatan jazo muddati yana besh yilga uzaytirilgan. Uning yoshi ham 65 dan o’tib qolgan, muddati tugagan. Shu yil chiqishi kerak edi, lekin jazo muddatini yana cho’zishgan”, - deydi Ikromov.
Senat qabul qilayotgan amnistiya faollarni mutlaqo chetlab o’tayapti, deb bo’lmaydi.
O’tgan yili, masalan, bir necha siyosiy mahbus va huquq himoyachilari qo'yib yuborildi.
Biroq ularning ozod etilish shartlari juda qaltis. Ayrimlari shoir Yusuf Juma singari O’zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinib, yurtdan badarg’a qilindi.
Ba’zan huquq himoyachisi Norboy Xoljigitov kabi sog’ligini mutlaqo yo’qotib, hech narsaga yaramaydigan holatda chiqadi.
“Hozirgacha amnistiya bilan chiqqan huquq himoyachilari misolida aytish mumkinki, sog’ligi keskin yomonlashgan, og’ir kasal faollargina ozod etilmoqda. Asosan, shu narsaga e’tibor qilinmoqda”, - deydi Ikromov.
Mazkur toifadagi mahbuslar amnistiyaga tushishi uchun prezidentga pushaymonlik arizasi bilan murojaat qilishi kerak.
Ikromovning aytishicha, ayniqsa, diniy e’tiqod tutqunlari shu kabi shartlar bilan ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinadi.
“Bu yil diniy e’tiqod bo’yicha qamalgan ayollarga muddat qo’shib berilmayotgani kuzatilyapti. Lekin erkaklarga munosabat o’zgarmagan. 159, 244 hamon qattiq jinoyat sifatida ko’riladi, nazoratda turibdi. Ularga amnistiya tegishi qiyin”, - deydi suhbatdosh.
Inson huquqlari tashabbus guruhi faollaridan biri, odam savdosiga qarshi olib borgan kurashi tufayli tazyiqqa uchrab qamalgan Gulnoza Yo’ldosheva yaqinda ozodlikka chiqqan sanoqli huquq himoyachilaridan.
“Amnistiya bilan ozod etildim, lekin bir narsa armon bo’lib qoldi. Biz ariza bilan rahbariyatga murojaat qilar ekanmiz, ariza qonun doirasida ko’rib chiqilishiga umid qilamiz, shuning uchun yozamiz. Ularning nazariga tushish maqsadida emas”, - deydi Yo’ldosheva “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida.
“U Chinoz tumanidagi odam savdosi bilan shug'ullangan guruhni fosh qilishga uringan. Bu guruh tarkibida militsiya, hokimyat vakillari ham bo’lgan. Ular Gulnozani qamatishga muvaffaq bo’lishdi. To’qqiz oyga yaqin qamoqda o’tirdi va amnistiyaga tushdi. Qamoqxonaga borgan televideniye xodimlari undan pushaymonlik haqida ko’rsatuvda qatnashishni ham so’rashgan, lekin Gulnoza xohlamagan”, - deydi Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari.
Siyosiy mahbuslar sirasiga kiruvchi muxolifatchilarga munosabat ayovsizligicha qolmoqda. Sobiq deputat, muxolifat faoli Murod Jo’rayev 17 yildirki hanuz turmada.
Senat amnistiya e’lon qilishi arafasida Jo’rayevning jazo muddati ichki tartibni buzish aybi bilan yana to’rt yilga uzaytirilgan edi.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, uning shikoyat arizasini ko’rib chiqqan apellyatsion sud to’rt yillik jazoni o’z kuchida qoldirgan.
Bu qaror Jo’rayevning qamoq muddatini umumiy hisobda 21 yilga cho’zdi.
Jasliq qamog'iga nazar:

"Sog’ligi keskin yomonlashgan, og’ir kasal faollargina ozod etilmoqda".