Breaking News

O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda


O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda
O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda

O’zbekistonda mahbuslar va gumondorlarga doir qonunning kuchga kirishi ham, ichki ishlar vazirligi qoshida inson huquqlari resurs markazi ish boshlashi ham qiynoqlar muammosiga barham bermagan.

Huquq himoyachilari deydiki, qiynoqlar muxolif guruhlarga qarshi qo’llanar ekan, undan voz keshish siyosiy irodaga bog’liq.

Inson huquqlarini ta’minlash, qiynoqlarga barham berishni ko’zda tutuvchi qonun va qarorlar qabul qilinishidan qat’iy nazar vaziyatda hozircha biror o’zgarish kuzatilmaydi.

Huquq himoyachilari O’zbekistonda qiynoq tajribasi davomli qolayotganini shunday izohlashadi:

“Bu davlat rahbari xohishiga, siyosiy yondashuvga bog’liq. Agar prezident shuni xohlasa, bu narsa boladi”, - deydi Inson huquqlari bo’yicha tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov.

Qiynoqlar borasidagi so’nggi malumot o’tgan hafta Ekspert Ishchi guruhi tomonidan mahbus Dilshod Shohidov haqida tarqatilgan edi. Dilshod Shohidovga nisbatan qo’llangan qiynoqlar haqida tashkilotga mahbusning onasi aytib bergan.

Ekspert Ishchi guruhining veb sahifasida (www.ewg-uz.org) Shohidovning ota-onasi tomonidan berilgan arizada yozilishicha, davlat idoralariga qilingan murojaatlar natijasiz. O’g’illari hayotining xavf ostida qolayotgani ularni qiynoq haqida jamoatchilikka ochiq gapirishga majbur etgan.

O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda
O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda

Arizada turli noinsoniy qiynoq usullari, jumladan boshqa mahbuslar orqali zo’rlash tahdidi haqida gap boradi.

Oktabr oyining boshida prezident Islom Karimov mahbuslar va gumondorlar haq-huquqlariga doir qonun imzolagan edi. Unga muvofiq, gumondor, mahbuslarga nisbatan qiynoq qo’llash taqiqlanadi, qiynoq vositasida olingan ko’rsatmalardan sudda dalil sifatida foydalanilmaydi.

Yaqinda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi qoshida inson huquqlari bo’yicha resurs markazi ochilgan edi.

Huquqni himoyalash, huquq-tartibot xodimlari o’rtasida bu borada targ’ibot yurg’izishni maqsad qilgan markaz faoliyati ham hozircha biror natija bermagan ko’rinadi.

“Himoyaga muhtoj odamlarni bir necha marta u yerga yubordik, lekin bu odamlar u yerga kira olishmadi. Nega ular bunaqa qilyapti, menga qorong’u. Bu ishlar shunchaki xo’jako’rsinga o’xshayapti. To’g’ri, qonun qabul qilinayotgani yaxshi, lekin ularning ishlamayotganiga men hayronman”, - deydi Surat Ikromov.

O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda
O’zbekistonda qiynoqlar qora tamg’a sifatida qolmoqda

O’zbekiston xalqaro jamoatchilikka noinsoniy qiynoqlar mavjud repressiv davlat sifatida tanilgan. BMTning qiynoqlarga qarshi qo’mitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar hisobotida O’zbekiston qiynoqlarni muntazam qo’llovchi davlat sifatida qayd etiladi.

Qiynoqqa solinayotganlar esa asosan diniy e’tiqod bo’yicha qamalgan mahbuslar.

“To’g’ri, qiynoq ostida o’tirgan boshqa mahbuslar ham bor, lekin asosiy qatlam diniy e’tiqod bo’yicha qamalganlar. Bu borada biror o’zgarish bo’lishiga ishonmayman, negaki, qiynolar, tahqirlash haqidagi ko’rsatma yuqoridan keladi. Qamoqxonadagilar buyruqni bajarishadi“, - deydi Surat Ikromov.

Bir necha yil avval BMT qiynoqlar bo’yicha ma’ruzachasi O’zbekistonda bo’lib, vaziyatni o’rganib, qiynoqlar sistematik tarzda qo’llanishi haqida xulosa bergan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG