Breaking News

Vasila Inoyatova bilan Vashingtonda yuzma-yuz suhbat


"Ezgulik" ning bugungi asosiy roli nima? Unga kimdan qanday shikoyatlar tushmoqda? Tashkilotning hukumat bilan aloqasi qanday? Javoblar quyidagi radio-muloqotda.
"Ezgulik" ning bugungi asosiy roli nima? Unga kimdan qanday shikoyatlar tushmoqda? Tashkilotning hukumat bilan aloqasi qanday? Javoblar quyidagi radio-muloqotda.

Amerika matbuotida yaqinda chop etilgan siyosiy sharhlardan biri "O'zbekiston elchining ovozini o'chira olmaydi" deb nomlanib, unda yaqinda Toshkentdagi idorasini yopgan “Human Rights Watch” xalqaro inson huquqlari tashkiloti vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) Islom Karimov rahbariyatini repressiv siyosatga zo'r berayotganlikda ayblaydi.

“Human Rights Watch” ni haydab, deya yozadi Sverdlov "The New York Times" gazetasidagi maqolasida, O'zbekiston hukumati mamlakatda inson huquqlari tinimsiz poymol etilayotganini xalqaro hamjamiyatdan yashirishga urinmoqda. Hozir respublikada vaziyatni mustaqil ravishda kuzatadigan faqat bir tashkilot qoldi, deydi u, O'zbekiston Inson Huquqlari "Ezgulik" Jamiyati.

Masala yuzasidan respublika rasmiylariga murojaat qilsangiz, biror javob olmaysiz.

Vasila Inoyatova rahbarligidagi "Ezgulik" 2006 yilda rasman ro’yxatdan o’tgan. Faol, shuningdek, “Birlik” Xalq Harakati Partiyasi markaziy kengashi bosh kotibi.

Shu kunlarda Amerikaga safar qilgan Vasila Inoyatova Vashingtonda huquq borasida maxsus seminarda qatnashdi va bu davlat rasmiylari bilan muloqot qildi.

U O’zbekistondagi vaziyatni Amerika siyosatdonlariga qanday izohlab berdi?

"Ezgulik" ning bugungi asosiy roli va maqsadi nima?

Tashkilot ayni damda jinoiy ayblovlar bilan yuzlashmoqda, jumladan haqorat, jamoat xavfsizligiga tahdid solish…

2007 yilda vafot etgan taniqli qo'shiqchi Dilnura Qodirjonova ishi nima bo'ldi? Vasila Inoyatova bu borada yolg’on ma’lumot tarqatganlikda ayblanayapti.

Suddagi munozaralar qanday kechmoqda?

“Ezgulik” - muxolif tashkilotmi? U O’zbekistonda qanday nufuzga ega?

Vasila Inoyatova AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Richard Norland bilan, 2010
Vasila Inoyatova AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Richard Norland bilan, 2010

Ayrim ekspertlar nazarida, O’zbekistonda mavjud tuzum o’zgarishi uchun avlodlar va butun yondashuv, mentalitet o’zgarishi kerak. Ular fikricha, Islom Karimov rahbariyatidan konkret yangilik kutish yaramaydi, bu gapni nafaqat amerikalik tahlilchilardan balki O’zbekistondagi siyosiy sharhlovchilardan ham eshitamiz. Vasila Inoyatova bu borada nima deydi?

Prezident Islom Karimov 12 noyabrda Oliy Majlisning qo’shma sessiyasida ma’ruza qilganida, O’zbekistondagi katta muammolarni tan oldi, ularni yechish uchun o’z takliflarini kiritdi, xususan boshqaruv, matbuot erkinligi, siyosiy mas’uliyatsizlik haqida gapirdi. Bu chiqish xalqaro hamjamiyat tomonidan, bilasiz, ijobiy qabul qilindi. Boshqa tomondan, omma rahbarning vaqti-vaqti bilan qilib turadigan bu nutqlariga o’rganib qolgan. Prezident gapiradi, oldidagilar yozib oladi va Islom Karimovning so’zlari kelasi oylar, balki yillar mobaynida har joyda qayta-qayta eslatiladi, qayd etiladi, lekin natija nima?

Muammolarda kimni ayblash kerak?

Vasila Inoyatova Jahon Banki singari moliyaviy tashkilotlarni, Amerika va Yevropa Ittifoqini O’zbekiston bilan hamkorlikda haqiqatga ko’z yumayotganlikda tanqid qilib keladi. Uning nazarida strategik hamkorlik shartlari bajarilmayapti, Jahon Banki va AQSh O’zbekistonga ko’rsatgan moliyaviy yordami qayoqqa ketayotganini bilmaydi. Vashingtondagi uchrashuvlarda ham bu borada aytdi. Afg’onistondagi vaziyatni hisobga olsak, Obama ma’muriyati qanday ta’sir kuchiga ega O’zbekistonga nisbatan?

AQSh diqqat markazida bo’lib kelgan arab dunyosida qo’z’g’olonlar avjida ekan, ular O’zbekistondek uzoq yillar davomida bir rahbar qo’li ostida yashab kelayotgan jamiyatlarda qanday aks-sado berishi mumkin?

Ekspert Ishchi Guruhi rahbari Suhrob Ismoilovning tahlilicha, O’zbekistonda fuqaro jamiyatini davlatning o’zi yaratayapti, ya’ni uni mustaqil, nodavlat, amaldagi siyosatni savolga tuta oladigan tashkilotlar emas, rahbariyat izni ostida vujudga kelgan muassasalar hosil qilmoqda. Lekin ular ham muhim masalalarni ko’tarib chiqmoqda, masalan atrof-muhit muhofazasi, ona va bola salomatligi, inson savdosiga qarshi kurash, nogironlar manfaatini himoya qilish… Vasila Inoyatova ularning faoliyatini qanday baholaydi?

Shuningdek, “Ezgulik” Inson Huquqlari Jamiyati rahbari bilan yoshlar, muhojirlar, hukumatning xalqqa, xalqning hukumatga munosabati, qolaversa Vasila Inoyatova tuzumni shuncha tanqid qilib ham nega erkin yurgani haqida gaplashdik.

Marhamat, tinglang... Suhbat 2 aprel kuni Vashingtonda, "Amerika Ovozi" studiyasida yozib olindi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG