Breaking News

Hamkorlik deb bong urish oson, qilish qiyin; Klinton safari va va'dalar


Islom Karimov va Xillari Klinton, Oqsaroy, 22-oktabr 2011
Islom Karimov va Xillari Klinton, Oqsaroy, 22-oktabr 2011

Tojikiston va O’zbekistonda jamoatchilik vakillari bilan muloqot qilar ekan, AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bu xalqlar dardini tushunishini aytdi.

Dushanbeda fuqaro jamiyati faollari bilan davra suhbatida, inson savdosi va ishsizlik, suv va energiya taqchilligi, erkinlik va demokratiya, oshkoralik va qonun ustuvorligi, iqtisodiy muammolar va qo’shnilar bilan kelishmovchiliklar haqida gapirdi. Toshkentda ham shu masalalarga birma-bir to’xtaldi.

Amerika bu yosh davlatlarga yordam berishga, ular bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor, deydi Xillari Klinton.

Ilmiy-madaniy, iqtisodiy-texnologik, siyosiy-ijtimoiy, qay sohada bo’lsa, ko’maklashamiz, deydi AQSh bosh diplomati.

Xillari Klintonni Toshkentda juda iliq kutib olishdi. Tomonlar safardan birdek mamnun. O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan Toshkent xalqaro aeroportida, 22-oktabr, 2011.
Xillari Klintonni Toshkentda juda iliq kutib olishdi. Tomonlar safardan birdek mamnun. O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan Toshkent xalqaro aeroportida, 22-oktabr, 2011.

Hamkorlik - siyqasi chiqib ketgan so’z. Siyosatchilar bu so’zni juda yaxshi ko’radi, ayniqsa xalqaro aloqalar haqida gap ketganda.

Haqiqat shuki, gapirish bilan ish bitmaydi. Hamkorlik birga ishlab yutuqqa erishish demakdir. Bu nafaqat siyosiy iroda va mablag' balki qattiq mehnat, bilim va zakovat talab qiladi. Tomonlar konkret g'oyalar bilan chiqishi, ularni amalga oshirish uchun har ikki tomon birdek ter to'kishi kerak.

Amerika va O'zbekiston, masalan, buni yaxshi tushunadi. O'tgan 20 yil ichida nima va'dalar berilmadi-yu, qanday hamkorliklar haqida gap ketmadi. 2002-yilda Islom Karimov va Jorj Bush boshchiligida imzolangan strategik hamkorlik bitimi bugun deyarli tilga olinmaydi. Bu hujjat uzoq muddatli, xavfsizlikdan tortib iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni ko'zlagan edi.

Quyida AQSh Davlat kotibasi Xillari Klintonning Toshkent safarini aks ettiruvchi suratlar:

Sietldagi Vashington Universiteti professori Skott Radnitz (Scott Radnitz) O’zbekiston va butun Markaziy Osiyoni uzoq yillardan beri o’rganib kelayotgan, mintaqaga safar qilib, izchil tadqiqotlar olib borayotgan olimlardan. Uning fikricha, bugungi kunda hukumatlararo hamkorlik asosan Afg’oniston bilan bog’liq.

Lekin, deydi u, ilm-fan ahli, ayniqsa Amerika tomon, boshqa sohalarni o’rganishdan, jamiyatlarni qiynayotgan masalalarga yechim qidirishdan tinmagan. Fuqaro jamiyatini rivojlantirish, nohukumat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari erkinligi…

Amaldagi siyosatni tahlil qilishdan tashqari, deydi Skot Radnitz, AQSh ilmiy maskanlari bu sohalar ustida ham qayg’urib kelmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 23-oktabr kuni Toshkentda "GM-O'zbekiston" qo'shma korxonasida so'zlab, yangi texnologik dastur tanishtirdi. Shuningdek, Amerika O'zbekiston bilan jamiki sohalarda hamkorlikka tayyor ekanini aytdi. Islom Karimov va uni
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton 23-oktabr kuni Toshkentda "GM-O'zbekiston" qo'shma korxonasida so'zlab, yangi texnologik dastur tanishtirdi. Shuningdek, Amerika O'zbekiston bilan jamiki sohalarda hamkorlikka tayyor ekanini aytdi. Islom Karimov va uni

Siyosatni bugungi strategik talablar belgilasa-da, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan omillar juda ko’p. Avvalo, deydi professor Radnitz, aloqalarni tebratayotgan arboblar hamkor davlat haqida chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.

“O’tgan 5-10 yil ichida shuni kuzatdimki, bizning amaldorlar va harbiylarimiz orasida qiziqish kuchaygan. Ular ko’proq bilishimiz kerak degan xulosaga kelgan. Davlat va nodavlat tashkilotlar orasida muntazam aloqani qo’lga qo’yish, ma’lumot almashish, siyosatchilar va namoyondalar bir-biri bilan ko’proq gaplashishga harakat qilmoqda. Siyosiy dargohlarimiz bugun ilmiy maskanlarga ko’proq tayana boshlagan. Bu ijobiy o’zgarish”,- deydi mutaxassis.

Skott Radnitz, Sietldagi Vashington Universitetida xalqaro aloqalardan dars beradi. Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha yetuk mutaxassis.
Skott Radnitz, Sietldagi Vashington Universitetida xalqaro aloqalardan dars beradi. Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha yetuk mutaxassis.

Lekin, uning nazarida, Amerikaning Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga yaqinlashtirish olib borayotgan bugungi siyosati u qadar puxta emas.

Mana bir necha yildirki, Davlat departamenti, AQSh tashqi ishlar vazirligida, Markaziy va Janubiy Osiyo byurosi mavjud. Bu bilan Vashington O’zbekiston va unga qo’shni respublikalarni Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Shri Lanka, Bangladesh va Nepal kabi davlatlar qatoriga qo’ygan, ya’ni hammasi bir kategoriya ostida.

To’g’ri, deydi olim, Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari etnik va tarixan bir-biriga yaqin, ammo sobiq Sovet davlatlari janub emas, ko’proq shimolga yo’nalgan.

Dushanbe, 22-oktabr 2011
Dushanbe, 22-oktabr 2011

“Markaziy Osiyo o’zini Rossiya va rus tilida gaplashadigan boshqa davlatlarga yaqinroq tutadi. Ularga emas, janubga ko’proq e’tibor bering deb biz bu respublikalarni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan noqulay vaziyatga qo’ymayapmizmi? Chunki shimol bilan aloqa hamon muhimroq ekani tabiiy”,- deydi professor Radnitz.

Amerika shu kunlarda Yangi Ipak Yo’li tashabbusini targ’ib qilmoqda. Markaziy Osiyoni Janub bilan bog’lovchi savdo tizimi joriy etish. Undan hamma davlatlar foyda ko’rgan bo’lar edi, deydi AQSh diplomatlari, lekin loyihaning amalga oshishi Afg’onistondagi vaziyatga bog’liq.

Hamkorlik deb bong urish oson, qilish qiyin; Klinton safari va va'dalar
Hamkorlik deb bong urish oson, qilish qiyin; Klinton safari va va'dalar

AQSh va O’zbekiston ziyolilari birga ishlashni istaydi. Izlanish, tajriba oshirish uchun imkoniyatlar kengaysa deydi. Safar qilish uchun viza olish, qolaversa tadqiqot uchun mablag’ topish - eng qiyin masalalar.

lmiy maskanlar o’zaro aloqa o’rnatishi yo’lida ham to’siqlar anchagina. O’zbekistonda ziyolilar rahbariyatning ko’ngliga qarab ish qilishga o’rgangan.

Ko’p hollarda chet eldagi hamkorlari haqida ochiq gapirmaydi. Xorijga, ayniqsa G’arbga, yuqoridan fotiha olmay, biror dastur orqali borib kelish xavfli harakat hisoblanadi.

Shunday ekan, deydi ziyolilar, Amerika bilan serqirra hamkorlik sari hali ko’plab jiddiy va katta qadamlar tashlanishi lozim.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG