Breaking News

O'zbekiston rasmiylari Vashintonda; Kongress cheklovlarni bekor qiladimi?


O'zbekiston-Amerika orasidagi aloqalar bugun asosan Afg'oniston bilan bog'liq va bu hamkorlik ortida Mudofaa vazirligi (Pentagon) turibdi
O'zbekiston-Amerika orasidagi aloqalar bugun asosan Afg'oniston bilan bog'liq va bu hamkorlik ortida Mudofaa vazirligi (Pentagon) turibdi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delgatsiya bu hafta Vashingtonga safar qilib, AQSh Mudofaa vazirligi, Davlat departamenti va Oq Uy rasmiylari bilan muloqot qilmoqda.

Afg'oniston yuzasidan hamkorlik va aloqalarni qanday kengaytirish ustida so'z ketmoqda.

Abdulaziz Komilov, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari
Abdulaziz Komilov, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari

Komilov hafta boshida Davlat kotibi muovini Vilyam Byorns bilan uchrashgan. Bugun, 8 sentabr kuni, Pentagonda AQSh Mudofaa vaziri o'rinbosari Mishel Flornoy xonim bilan ko'rishgan.

Bugun, shuningdek, O'zbekistonning oliy martabali rasmiysi Oq Uyda prezident Barak Obamaning xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi muovini Denis Makdona bilan ham muzokara qildi.

Dunyo bo'ylab huquq himoyasi bilan mashg'ul Human Rights Watch (video) tashkiloti esa AQSh Kongressini O'zbekiston hukumati bilan hamkorlikni cheklovchi choralarni bekor qilmaslikka chaqirmoqda.

2004-2005 yillarda qabul qilingan qarorlarning asosiy mazmuni shundan iboratki, O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq ahvol yaxshilanmas va bu amalda yaqqol isbotini topmas ekan, Qo'shma Shtatlarning bu davlat bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy aloqalari cheklanadi.

Lekin O'zbekiston bilan Afg'oniston yuzasidan til topishgan Obama ma'muriyati Kongressdan bu cheklovlarni olib tashlashni va hamkorlikni kengaytirish uchun zamin yaratishni so'ramoqda degan xavotirlar bor. Rasmiylar buni rad etadi va nimaiki ish qilinsa, ikki xalq manfaati uchun xizmat qiladi deya ta'kidlaydi.

Gap cheklovlarni bekor qilishda emas, deydi mas'ul rasmiylar, balki Afg'onistondagi missiya ahamiyatini hisobga olgan holda, ayrim jabhalarda istisno qilish, masalan harbiy tayyorgarlik yoki malaka oshirish sohasida.

Kapitoliy, Kongress binosi
Kapitoliy, Kongress binosi

Inson huquqlari tashkilotlari, xususan Human Rights Watch nazarida bu harakat - Markaziy Osiyodagi eng repressiv hukumatlardan biriga katta sovg'a.

"Arab dunyosida inqiloblar yuz berib, diktatorlarga qarshi qozg'olonlar avj olgan bir paytda", - deya bildiradi Human Rights Watch, "Obama ma'muriyati ulardan birini siylash ilinjida".

"Bu nafaqat O'zbekiston xalqiga, balki Amerikaning uzoq muddatli manfaatlari va nufuziga ham zarar keltiradi",- deydi Xyu Vilyamson, tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori.

Qo'shma Shtatlar Afg'onistondagi qo'shinlarni zarur vositalar bilan ta'minlashda O'zbekiston hududidan foydalanadi. Respublika - Shimoliy Ta'minot Tizimi sifatida tanilgan va noharbiy yuk tashiladigan yo'nalishning bir qismi. O'zbekiston bundan moliyaviy foyda ko'rmoqda. Hukumat qo'shni davlat va shu tariqa o'z xavfsizligi yo'lida G'arb bilan ishlayotganidan mamnun ekanini ta'kidlab keladi.

Bu xalqaro tashkilot siyosiy bosim ostida O'zbekistondagi idorasini yopgan
Bu xalqaro tashkilot siyosiy bosim ostida O'zbekistondagi idorasini yopgan

Huquq himoyachilarining xavotiri shuki, Amerika Afg'onistondagi maqsadlari ketidan chopib, O'zbekistonda xalq ezilayotganiga ko'z yummoqda.

Kongress qo'ygan cheklovlar tarixi 2002 yilda AQSh va O'zbekston orasida imzolangan va keyinchalik chetga surilgan strategik hamkorlik bitimidagi shartlar bajarilmaganiga borib taqaladi.

Bu hujjatda O'zbekiston tomon kuchli va ochiq jamiyat qurish, fuqarolarning huquq va erkinligini ta'minlash, ko'p-partiyaviy va demokratik tuzum barpo etish va islohotlar olib borishga so'z bergan.

Islom Karimov va uning hukumatining qayd etishicha, bu ishlar qilinmoqda. O'zbekiston o'z yo'lini tanlagan va astalik bilan buyuk kelajak tomon qadam qo'ymoqda.

Inson huquqlari himoyachilari nazarida esa o'tgan yillar ichida buni isbotlovchi biror harakat bo'lmagan. Aksincha, deya bildiradi Human Rights Watch tashkiloti, jamiyat yanada qattiqroq bosim ostida, xalq qo'rqinchda yashaydi. Tuzumni tanqid ostiga olgan jurnalist va faollar panjara ortida. Qamoqxonalarda qiynoqlar oddiy hol. Vaziyat bilan tanishish, uni tekshirishga yo'l berilmaydi. Xalqaro tashkilotlar, xususan huquq himoyasi bilan mashg'ul muassasalar chiqarib yuborilgan.

2005 yilda Andijonda yuz bergan xunrezlik ketidan ahvol yanada og'irlashdi va oxirgi olti yilda biror ijobiy qadam tashlanmadi, deyiladi Human Rights Watch chiqargan bayonotda. Andijonda yuzlab insonlar xavfsizlik kuchlari o'qidan o'lgan va hech kim javobgarlikka tutilmadi, deyiladi unda.

"Xavfsizlik bobida Amerika O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotganiga qarshi emasmiz",- deydi Xyu Vilyamson, Human Rights Watch vakili.

"Lekin huquq masalasi ham yuqori o'rinda turishi kerak. O'zbekiston hukumatini rozi qilish uchun Kongress qo'ygan cheklovlar olib tashlanishini so'rash Amerika o'zining qisqa muddatli manfaatlarini o'ylayotganini anglatadi",- deydi u.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG