Breaking News

Odam savdosiga qarshi kurash hammaning vazifasi, deydi Klinton


Qo’shma Shtatlar zamonaviy qulchilik, inson savdosiga barham berish qarorida qat’iy. Prezident huzurida bu muammo bilan shug’ullanuvchi maxsus guruhga Davlat kotibasi Xillari Klinton boshchilik qiladi.

Inson borki, erkinlik uning fundamental huquqi, deydi Klinton xonim.

“Bugun jahon bo’ylab 27 million erkak, ayol va bolalar majburiy mehnatga jalb etilgan. Iqtisodiyot ildiziga bolta uradigan, qonun ustuvorligini yemiradigan va oilalarni barbod qiladigan jinoyat bu”, - deydi Xillari Klinton.

Ish topaman deb aldangan yoshlar
Ish topaman deb aldangan yoshlar
Inson savdosiga qarshi kurashish uchun Obama ma’muriyati “Ayol, Tinchlik va Xavfsizlik” degan dastur ishlab chiqqan.

Muddao – jahon bo’ylab xotin-qizlarga madad ko’rsatuvchi tashkilotlarni qo’llab-quvvatlash, ayollarni davlat boshqaruvi va xavfsizlik sektoriga jalb qilish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinsiy zo’ravonlikka qarshi kurashish salohiyatini oshirish va hokazo.

AQSh shu maqsadda 37 davlatga grantlar ajratadi.

Sa’y-harakatlarimiz natijasida, deydi Xillari Klinton, bugun qariyb 140 mamlakatda inson savdosiga qarshi qonunlar ishlab chiqildi va 150 hukumat BMT konvensiyalarini imzoladi.

Qul bolalar
Qul bolalar
AQSh Davlat departamenti odam savdosiga qarshi xalqaro kurash qanday ketayotganini sarhisob qilib, har yili hisobot chiqaradi.

O’tgan yilgisida O’zbekiston bu jabhada qat’iy choralar ko’ra boshlagani qayd etilgan edi.

Chet eldagi millionlab o’zbekistonlik ishchi muhojirlar himoyasiz qolayotgani va paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanish davom etayotgani – hal etilmagan muammolar sirasiga kiradi.

Qozog'istonda "Sana Sezim" deb nomlangan nohukumat tashkiloti mintaqada odam savdosi va xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashadi. Shuningdek, ishchi-muhojirlarga huquqiy yordam ko'rsatadi. Quyida bu tashkilot rahbari Xadicha Abisheva bilan suhbatimiz:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG