Oq Uyda davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchi o’rinbosari Denis Makdona (McDonough) 31 may kuni Toshkentda bo’lib, Oqsaroyda prezident Islom Karimov bilan muloqot qilgan.
Gap asosan Afg’onistondagi vaziyat va bu davlatga ko’rsatilayotgan yordam, mintaqa xavfsizligi hamda ikki tomonlama munosabatlar haqida ketgan.
Mark Grossman, AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakili 20 may kuni Toshkentda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan muloqot qilgan edi.
O'zbekiston Afg'onistonni elektr quvvati bilan ta'minlab kelmoqda. Xalqaro koalitsiyaga zarur noharbiy mahsulotlar respublika hududi orqali o'tadi. O'zbekiston Shimoliy Ta'minot Tizimining bir qismi.
AQSh yaqin kunlarda O'zbekistonga yangi elchi yuboradi - Jorj Krol.
Vashingtonda esa O'zbekistondan Ilhom Ne'matov elchilik qiladi.