Breaking News

Rossiya rahbari O'zbekistonda bo'ldi, Ostonada esa Shanxay-6 yillik sammiti boshlanmoqda


Rossiya rahbari O'zbekistonda bo'ldi, Ostonada esa Shanxay-6 yillik sammiti boshlanmoqda
Rossiya rahbari O'zbekistonda bo'ldi, Ostonada esa Shanxay-6 yillik sammiti boshlanmoqda

13 iyun kuni Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Toshkentga bordi. Safardan asosiy maqsad - iqtisodiy aloqalarni muhokama qilish.

Davlat axborot vositalari Medvedevning O'zbekiston rahbari Islom Karimov bilan muzokaralarini "o‘zaro ishonch va ochiqlik ruhidagi an’anaviy siyosiy muloqot" deya yoritdi.

Rossiya O'zbekistonning eng yirik iqtisodiy hamkori. O'tgan yili oradagi savdo aylanmasi 6,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Muzokara ketidan har ikki rahbar Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostonadagi yig'ilishida qatnashish uchun Qozog'istonga yo'l olmoqda.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2010 yilgi sammitidan
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2010 yilgi sammitidan

Ikki kunlik sammitda Afg'onistondagi vaziyat va bu davlatni kuzatuvchi sifatida tashkilotga qabul qilish masalasi ko'rib chiqiladi.

Afg'on prezidenti Hamid Karzay anjuman doirasida Markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Sammitda Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham mehmon bo'ladi.

Xalqaro maydondagi o'zgarishlar xususida bayonot va qoradori savdosiga qarshi kurashga doir hujjatlar qabul qilinishi ko'zlangan.

Xavfsizlik va iqtisodiy birdamlikni targ'ib qiluvchi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston a'zo. Eron, Hindiston, Mongoliya va Pokiston kuzatuvchi davlatlardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG