AQShning MAVEN fazo kemasi 10 oylik parvozdan so’ng nihoyat Marsga qo’ndi. Apparat 711 million kilometrlik masofani bosib o’tdi. Uning asosiy vazifasi sayyoraning yuqori atmosferasini o’rganib, undagi hozirgi o’zgarishlarga nima sabab bo’lganini aniqlash.
Apparat, shuningdek, gazlarning Mars atmosferasidan qanday tezlikda chiqishi borasida ham izlanadi.
Missiya rahbarlaridan biri Bryus Jakoski so’nggi bir necha milliard yil davomida Mars iqlimidagi o’zgarishlarga sabab bo’lgan omillarni tushunmoqchimiz, deydi.
"Suv qayerga yo’qoldi, karbonat angidrid qayerga g’oyib bo’ldi, shularni bilmoqchimiz", - deydi olim.
Qiymati 671 million dollarlik MAVEN bir yillik izlanishni boshlashdan oldin olti hafta davomida jihozlarini sinaydi, Mars orbitasiga o’rnashadi.
Ayni damda yana uch apparat Mars atrofida uchmoqda. Ikkitasi AQShga qarashli, biri Yevropaniki. Chorshanba kuni Hindiston uchirgan raketa ham manzilga yetadi.
Your browser doesn’t support HTML5