O'n minglab ishchilar ko'chalarga chiqib, Xalqaro mehnatkashlar kunini nishonlamoqda. Ko'proq ish haqi, qulay sharoit va hurmat talab qilmoqda ular.
Tailand, Bangladesh va Indoneziyada kasaba uyushmalari odamlarni to'plagan. Jakartadagi yig'in mintaqada eng yirigi.
Rossiyada prezident Dmitriy Medvedev poytaxt Moskvada o'n minglab fuqarolarni olqishladi.
Yevropaning turli davlatlarida byudjet kamomadi, maoshlar, nafaqa va to'lovlarni kesish siyosatidan norozi odamlar namoyishga chiqdi.
Gretsiya, Ispaniyada fuqarolar ishsizlik, mehnatkashlar haq-huquqi poymol etilayotganidan g'azabda.
AQShda ham fuqarolar haq-huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar Nyu-Yorkda, moliyaviy markaz sanalmish Uoll-Stritda chiqish qilmoqda.
Xalqaro manzara: