AQShning Michigan shtatida chorshanba kuni kanadalik bir shaxs politsiyachini pichoqlab ketdi.
Rasmiylarning aytishicha, kvebeklik Amr Fatohiy Flint shahridagi Bishop xalqaro aeroportiga qo'ngach, leytenant Jeff Nevillga hamla qilgan.
Fatohiy hujum qilayotib, Amerikani Suriya, Iroq va Afg'onistonda odamlarni qirayotganlikda ayblab hayqirgan.
FBR xodimi Deyvid Geliosning aytishicha, u yolg'iz harakat qilgan. Mamlakatga qonuniy kirgan.
"Hujumchi biror mashqdan o'tmagan ko'rinadi", - deydi agent. "Uni atroflicha so'roq qildik va Amerikaga qarshi nafrat Fatohiyni bu ishga qo'l urishga majbur qilganini aytish mumkin", - deydi u.
Hujum terrorizm deya talqin qilinayapti. Politsiyachi Nevilning hozir ahvoli yaxshi, deydi shifokorlar.