Moskvadagi bosmaxonada yuz bergan yong'inda 17 muhojir ishchi halok bo'lgan. Ularning barchasi Qirg'izistondan ekani aytilmoqda.
Rossiyadagi Qirg'izistonliklar jamiyati vakili Abdug'ani Shakirovga ko'ra, o'lganlarning hammasi ayollar.
Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligi qurbonlarning 14 nafari bu davlat fuqarolari ekanini tasdiqlagan.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining Moskva bo'limi rahbari Ilya Denisovning aytishicha, halok bo'lganlarning barchasi Qirg'izistondan va ular Rossiyada qonuniy ishlab kelgan.
Olov birinchi qavatdagi lampaning noto'g'ri ishlashi oqibatida kelib chiqqan. Bu qavatdagi tez yonuvchi suyuqlik va qog'ozlar alanga olib, yong'in tepadagi kiyinish xonasiga ham chiqqan. Bu yerda ishchilar kiyimlarini almashtirayotgan bo'lgan.
Hududdan 16 kishining jasadi topilgan, tana to'rt kishi kasalxonaga yuborilgan. U yerda yaralanganlardan biri vafot etgan.
Rasmiylar yong'in sabablarini aniqlash bo'yicha jinoiy ish ochgan.
Rossiyada xavfsizlik choralari yetarli darajada ta'minlanmagani bois tez-tez halokatli yong'inlar ro'y berib turadi. Yanvarda kiyim fabrikasida yuz bergan yong'inda 12 kishi o'lgan edi.