Din

Ayrim yosh arablar masjidlarni davlatdan ajratish tarafdori

  • Amerika Ovozi

"Islomiy davlat" tomonidan qatl etilgan askarning janozasi, Livan, 2014-yil

Yaqin Sharqda vujudga kelayotgan yangi harakat arab yoshlaridan iborat bo'lib, ular fikricha terrorizmga barham berish uchun masjidlarni davlat tasarrufidan chiqarish kerak.

Yozuvchi Faysal Said Mutar nazarida, dinni siyosatdan ajratish uchun kurashayotgan yoshlarga yordam berish kerak.

“20-30 yoshlar atrofidagi arablar orasida inson huquqlari va dunyoviy liberal qadriyatlarni targ'ib qilayotganlar ko'paymoqda", - deydi u.

Unga ko'ra, AQSh va G'arb ularning bu tashabbuslarini e'tiborsiz qoldirmasligi kerak.

O'tgan hafta AQShning Orlando shahridagi gey-klubda sodir etilgan ommaviy qirg'in tez siyosiy tus olib, prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton bunday xurujlarning kelajakda oldini olish uchun nima qilish kerakligi haqida o'z qarashlarini bildirdi.

Faysalning aytishicha, muammoning negizi Yaqin Sharqdagi siyosatchilarda. Unga ko'ra, masala siyosiylashgan. Besoqolbozlik uchun ko'p arab mamlakatlarida o'lim jazosi bor, deydi u.

"Iroqda yashaganman. Akam, qarindoshlarimni yo'qotganman, Al-Qoida ko'p do'stlarimni nishonga olgan. Bunga chek qo'yish kerak", - deydi u.

Faysal islom dini ayni jins vakillariga moyil insonlarni qabul qilishiga ishonmaydi. Yaqin Sharqdagi mamlakatlarda nafaqat adliya tizimida bunday insonlar uchun o'lim jazosi bor, balki Daish va al-Qoida ham besoqolbozlarni ayovsiz qirish kerak, deydi.

"Agar dinlar besoqolbozlar va ayollar huquqlarini qabul qilmasa, odamlar emas, bunday dinlar o'lishi kerak", - deydi Faysal.

Yozuvchi Amerikaga Iroqdan qochqin bo'lib kelgan. 2009-yilda u Global dunyoviy insoniylik harakatiga asos solib, hozir Nyu-York shahrida ishlaydi.

Bu ijtimoiy harakat bo'lib, dunyoviy gumanistik qarashlarni targ'ib qiladi. Iqtisodiy erkinliklar, shaxslarning turmush tarzidan qat'i nazar tenghuquqligini.