Floridada masjidga zarar yetkazgan shaxs qo'lga olindi

  • Amerika Ovozi

Florida shtatining Margeyt shahridagi masjid

Florida shtatida masjid binosiga zarar yetkazgan shaxs qo’lga olindi. 35 yoshli Maykl Skot Vulf qilich bilan bino ichini vayron qilib, cho’chqa mahsulotlari tashlab ketgan.

Vulf Floridaning Titusvil shahrida 4-yanvar kuni qo’lga olindi. U 1-yanvarda Markaziy Florida islomiy jamiyatiga qarashli Al-Munin masjidiga bostirib kirib, deraza, chiroq va kameralarni sindirgan va eshik oldida islomda iste’mol qilinishi taqiqlangan cho’chqa mahsulotlarini qoldirgan.

So’nggi paytlarda AQSh bo’ylab masjidlarga zarar yetkazish holatlari ko’paydi. O’tgan oy ham Florida shtati hamda Kaliforniyada noma’lum shaxslar tomonidan ayrim masjid binolariga bo’yoqlar bilan haqorat so’zlari yozib ketilgan.

Texasdagi masjidlardan birida ro’y bergan yong’in ham qasddan uyushtirilgani taxmin qilinmoqda.