Myanmadagi ta’qiblardan Bangladeshga qochayotgan rohinja musulmonlari boshida yangi muammo. Ular chegaradan o’tolmay sarson.
Your browser doesn’t support HTML5
“Myanma harbiylari bizga to’siq qoyishi bilan oziq-ovqatsiz qoldik. Bangladeshga ikki kecha avval qiyinchiliklar bilan keldik. Ungacha ham sakkiz kun yo’l yurdik. Lekin harbiylar bizni o’tkazmayapti”, - deydi qochoqlardan biri.
“Lagerlarimiz to’lgan. Imkon boricha suv, oziq-ovqat, gigiyena va kerak bo’lsa dori-darmon ham tarqatyapmiz”, - deydi chegara xodimi.
2017-yilning avgustida hukumatva rohinja to’qnashuvlarida halok bo’lgan to’qqiz politsiyachi o’limi vaziyatni qattiq keskinlashtirgan va hamon minglab musulmon Myanmani tark etmoqda. Ularga Bangladeshda qo’yilgan ta’qiq yana qancha davom etishi noaniq.
BMT Shveysariyada masala yuzasidan konferensiya o’tkazib, rohinja musulmonlari uchun 434 million dollar yig’ish niyatida.