NASA, AQSh fazo agentligi bugun Mars sayyorasiga o'zining yangi apparatini uchirdi. Ikki yillik missiya, deydi olimlar, "qizil planeta" da hayotdan darak beruvchi dalillar qidiradi.
"Mars Ilmiy Laboratoriyasi" (Mars Science Laboratory) yoki "Qiziquvchanlik" (Curiosity) deb nomlangan vosita uchun 2,5 milliard dollar ajratilgan. Robot - uzoq yillik mehnat natijasi.
U bugun Florida shtatining Keyp Kanaveral shahridagi kosmik markazdan samoga ko'tarildi.
Hajmi bir avtomobildek keladi, 17 kamerasi, o'z qo'li va lazeri bor, shuningdek Mars sathini qaziydigan vositasi ham bor.
Robot sayyoraga kelasi yilning avgust oyida yetib boradi. 150 kilometr kenglikdagi maxsus maydonga qo'nishi kerak. Bu yer Geyl kratori deb ataladi. Avstraliyalik fazogir Volter Geyl nomiga qo'yilgan.
Marsni o'rganib kelayotgan olimlar avval yuborilgan robotlar orqali bebaho ma'lumotlar to'plagan.
Mutaxassislar deydiki, sayyorada bir paytlar suv bo'lgan bo'lishi mumkin. Ashyoviy dalillar Marsda baland tog' bo'lganidan ham darak bermoqda.
Asosiy e'tibor sayyoraning ekologik tarixida, deydi fazoshunoslar.
Olti g'ildirakli apparat NASA Marsga shu paytgacha yuborgan eng yirik robotdir.
Og'irligi 900 kilogram, bo'yi ikki metrcha, eni va uzunligi ham shuncha keladi.
Missiyani aks ettiruvchi tasvirlar: