Breaking News

Falakdan tasvirlar - "Xabbl" koinot sirlarini fosh etib kelmoqda


Shu yil 4-iyul kuni “Xabbl” o’zining millioninchi missiyasini amalga oshirdi va sayyoramizdan 1000 yorug’lik yili masofasida bo’lgan sayyora spektrogrammasini yerga uzatdi. Teleskop yana 10 yil ishlashi kutilmoqda.
Shu yil 4-iyul kuni “Xabbl” o’zining millioninchi missiyasini amalga oshirdi va sayyoramizdan 1000 yorug’lik yili masofasida bo’lgan sayyora spektrogrammasini yerga uzatdi. Teleskop yana 10 yil ishlashi kutilmoqda.

Birinchi teleskopning kashf etilganiga 400 yil bo’libdiki, inson samo sirlarini o’rganishga harakat qiladi. Bunda ilg’or texnologiya namunasi, “Xabbl” teleskopining roli beqiyos.

1990 yil 24 aprel kuni AQShning “Discovery” fazo kemasi insoniyatning koinotga oid bilimida inqilob yasagan vositani orbitaga olib chiqdi. U sayyoralar, yulduzlar va galaktikalarni aniq-tiniq ko’rsatib beradigan “Xabbl” teleskopi edi.

Avtobusdek keladigan teleskop amerikalik astronom Edvin Xabbl nomiga qo’yilgan. Uni yaratish ustida 10 ming odam 10 yil davomida tinimsiz mehnat qildi. 1,5 milliard dollar sarflandi.

"Xabbl" teleskopi olgan surat
"Xabbl" teleskopi olgan surat

Nensi Greys Roman “Xabbl” teleskopining “onasi” hisoblanadi. NASA, AQSh fazoviy tadqiqotlar agentligi bosh mutaxassisi bo’lgan bu ayol “Xabbl” ni ishga tushirish loyihasini boshqargan.

Ed Vayler hozirda NASAning bosh astronomi. U Nansi Greys Roman bilan “Xabbl” ustida ko’p yillar ishlagan va keyinchalik proyekt uning qo’liga o’tgan.

“Xabbl” boshqa teleskoplarga qaraganda 10 barobar yaxshiroq ishladi. Ya’ni bir sakrashda biz 10 qadam bosgandek bo’ldik. Oxirgi marta bunday sakrash Galiley teleskop kashf etib, samoga nazar tashlaganida ro’y bergan”, - deydi Vayler.

"Xabbl" teleskopi olgan surat
"Xabbl" teleskopi olgan surat

“Xabbl” yerga uzatgan suratlar tarixiy ahamiyatga ega. Teleskop orqali ilgari ko’zga tashlanmaydigan jismlar insoniyatga oshkor bo’ldi.

“Bu vosita biz ilg’aydigan jismlardan milliard barobar kichikroq obyektlarni ko’rishga qodir. Hamma narsani bir necha karra tiniqroq aks ettiradi. Masalan, Oydagi yong’inni ko’ra oladi”, - deydi NASA olimi Ed Vayler.

Nensi Greys Romanning aytishicha, teleskop olgan suratlar ichida eng ta’sirlisi bu – globulyar klaster markazi, ya’ni guruhlashgan yulduzlar tasviri bo’lgan. Har bir yulduzni alohida ko’rish, rangini ajratish mumkin edi.

20 yil avval samoga uchirilgan teleskop insoniyatning koinotga oid bilimini minglab barobar oshirdi. Bu teleskop yordamida borliq yoshi aslida taxminan 14 milliard yil ekani aniqlandi. Ungacha astronomlar 10 milliarddan 20 milliardgacha deb taxmin qilishar edi.

"Xabbl" teleskopi olgan surat
"Xabbl" teleskopi olgan surat

Shu yil 4 iyul kuni “Xabbl” o’zining millioninchi missiyasini amalga oshirdi va sayyoramizdan 1000 yorug’lik yili masofasida bo’lgan sayyora spektrogrammasini yerga uzatdi.

Teleskop yana 10 yil ishlashi kutilmoqda.

Hozirda yanada kuchliroq teleskoplarni koinotga uchirish rejalanar ekan, “Xabbl” koinotni o’rganishdagi eng muvaffaqiyatli loyiha bo’lib qoladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG