Astronavt ayollar yoshlarni koinotni tadqiq etishga da’vat etdi

  • Amerika Ovozi

Yer sayyorasiga Xalqaro fazoviy stansiyadan nazar.

Amerika fazoviy tadqiqotlar agentligi, NASA muhandisi ayollarni shu sohaga kirishga, koinotni tadqiq etishga da’vat etmoqda. Ikki astronavt ayol Los-Anjelesda talabalar bilan ko’rishib, ulug’ maqsadlarni orzu qilib yashashga undadi.

Koinotda, Xalqaro fazoviy stansiyada ishlayman, muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat yuritaman degan talaba astoydil o’qishi kerak. Astronavt Ivon Keygl Los-Anjelesdagi studentlar oldida so’zlar ekan, yulduzlarni orzu qilib yashashga chaqirdi.

Uning aytishicha, fazogirni fazogir qiladigan tartib-intizom va mehnat:

“Avvaliga assosiy bilim va ko’nikmaga ega bo’lamiz. So’ng yillar davomida shularni qayta-qayta mashq qilaveramiz. Mushaklarga singib ketgunicha qaytaramiz”.

Studentlar miriqib tingladi.

Mallori Lefland NASAning muhandisi. U Mars sayyorasidagi robotlarni uzoqdan turib boshqarish bo’yicha mutaxassis. Los-Anjelesdagi studentlarga ana shunday robotlarning kichik nusxasini namoyish qilgan edi, qiz-yigitlarning boshi osmonga yetdi.

“Odamzotni koinotga yetaklagan ham ana shu ishtiyoq. Robotlar mana shunday yaraldi. Mars sayyorasiga robotni jo’natib, unga suratlarni olishni buyurgan ham odam-ku. Bu talabalarning qo’lidan keladigan ish-ku” , - deydi Leflend.

NASA xodimi Ivon Keygl uchun fazoviy kemalar ilhom manbai, muvaffaqiyat ramzidir:

“Olamshumul rejalar va orzularning mevasi emasmi!”

Va bu orzuga o’qigan talaba yetishishi aniq.