AQSh prezidenti Barak Obama hamda bir qator Kongress vakillari mahalliy va xalqaro mehmonlar bilan birgalikda Vashingtonda o’tkazilgan yillik ibodat nonushtasida qatnashdi. Yig’inda muxolif siyosiy qarashlar bir chetga surilib, ruhiy va ilhombaxsh g’oyalar olg’a surildi.
Tadbirga kaliforniyalik demokrat kongressmen Jenis Han hamda texaslik kongressmen Lui Gomert mezbonlik qildi.
Siyosiy mavzularda mezbon va mehmonlar bir-biri bilan farqli qarashlarga ega bo’lsa-da, bu yig’in ana shunday tafovutlarni chetga surib, birga jam bo’lish imkonini beradi, dedi kongressmen Gomert.
“Har bir maqsadning o’z mavridi bor. Bahslashish, Amerika uchun eng maqbul narsalarga erishish ustida kelisholmay tortishishning ham o’z vaqti bor. Hozir esa bir tanu bir jon bo’lib yig’ilish fursatidir”, - deydi texaslik qonunchi.
Mehmonlar orasida hukumat rasmiylari va xorijlik martabali mehmonlardan tashqari bir qo’lini akula yeb ketgan Betani Hamilton kabi oddiy fuqarolar ham ishtirok etdi.
Prezident Obama o’z nutqida Amerikaning kuchli davlat bo’lishida vijdon erkinligi huquqi muhim rol o’ynaganini ta’kidladi.
“Har birimizga Xudo ajoyib tarzda o’z suratini bergan. Shuning uchun biz insonning uzviy qadr-qimmatiga ishonamiz. Bu shunday qadr-qimmatki, yer yuzida hech kim uni tortib ololmaydi. Bu har bir insonning o’zi istagan e’tiqodga ergashish huquqidir. Yoki e’tiqodini boshqa biriga almashtirish. Yoki hech bir dinga e’tiqod qilmaslik. Bu harakatlarlarni amalga oshirishda hech qanday tazyiq va qo’rquv bo’lmasligi kerak”, - dedi AQSh rahbari.
Prezidentning ta’kidlashicha, odamlarning huquqlarini, jumladan, vijdon erkinligini himoya qilib kelgan davlatlar tarixan adolatli, tinch va farovon bo’lgan. Buni aksi bo’lgan mamlakatlarda esa beqarorlik ko’p kuzatiladi. Shuning uchun din erkinligi milliy xavfsizlik masalasidir, dedi Obama.
Milliy ibodat nonushtasi har yili Kongress qoshidagi ibodatxona tomonidan tashkillashtiriladi. Ilk yig’in bundan 61 yil muqaddam bo’lib o’tgan. Unda har yili barcha AQSh shtatlaridan, jumladan, dunyoning 140 mamlakatidan 3200 dan ziyod mehmon ishtirok etadi.
http://english.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=vid&id=1847149&w=500&h=284&skin=embeded