Nazarboyev universitetining (Nazarbayev University) prorektori Saymon Jouns (Simon Jones) yanvarda Vashingtonda bo’lib, muallimlikka da’vogar o’nlab mutaxassislar bilan savol-javob qildi. “Yaxshi o’qituvchi topish qiyin, lekin bizning omadimiz chopdi”, - deydi u “Amerika Ovozi” bilan suhbatda. Ham universitet, ham ilmiy tadqiqot instituti sanalgan dargohda O’zbekistondan ham professorlar bor.
Ostonadagi Nazarboyev universiteti tadqiqot insitutiti va ta’lim o’chog’i ekani bilan mintaqada ajralib turadi. To’rt yil oldin ishga tushgan oliy bilim yurtini, Qozog’iston hukumati taklifi bilan Viskonsin (University of Wisconsin-Madison), Dyuk (Duke University) va Pensilvaniya (University of Pennsylvania) universitetlari hamda London kolleji (University College London) va Singapur universiteti (University of Singapore) birgalikda ochgan.
Unda texnologiya va ilmiy tadqiqotga urg’u beriladi. Studentlar orasida muhandislik, iqtisod, matematika va siyosiy fanlar - ommabop fanlar, deydi Saymon Jouns, provost, ya'ni prorektor.
“Nazarboyev universiteti jadal rivojlanayotgan ta’lim maskani. Biz ilmiy-tadqiqot instituti ham ekanmiz, dunyoni aylanib eng talantli muallimlarni, olimlarni qidirib topishga urinayapmiz. Yaqinda Vashingtonga safarim paytida Qozog’iston elchixonasida 40 odam bilan savol-javob qildim. Anchagina mutaxassisga ish taklif qildik. Aslida Nazarboyev Universitetining Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti uchun odam yollashga borgan edim”, - deydi u.
Bugun bilim maskanida o’zbekistonlik muallimlar ishlayapti. Nazarboyev universitetida o’qishga kirgan birinchi chet ellik student – O’zbekistondan bo’lgan. Professorlarni ishga yollashda tadqiqotga qiziqishi kuchli, o’qitish va ilmiy izlanishni bir tanganing ikki tarafi deb ishonadigan odamlarni tanlaymiz, deydi prorektor.
Doktor Jouns avval Birlashgan Arab Amirliklarida Erkaklar kollejida (UAE, Abu Dhabi Men's College) prezident, Gollandiyada Informatika institutida (Instituut voor Informatica, the Netherlands) professor, Angliyada Muhandislik va dizayn universitetida (University of Bath) dekan bo’lib ishlagan. Kasbi muhandis.
Nima uchun diqqat aniq fanlar va ilmiy tadqiqotda?
Mintaqada universitetlar o'qitadi, ilmiy-tadqiqot markazlari izlanishlar olib boradi. Nazarboyev Universiteti avval boshdan mana shuning ikksini birlashtirdi. Global muammolarda ilmiy yechim bilan chiqishni maqsad qilganmiz, deydi doktor Saymon Jouns.
"Qozog’iston ko’p miqdorda ko’mir qazib oluvchi davlat ekan, universitet muqobil energiya manbalarini izlash bilan mashg’ul. Orol dengizi halokati Qozog’iston uchun qo’rqinchli asoratlarga yetakladi – biz iqlim ifloslanishi, ekologik falokatga yechim izlash bilan bandmiz. Mamlakat shimolida Semipalatinskda yadroviy qurollar sinalgan, buni ham unutmaylik. Mana shu halokatlarga yechimlar bilan chiqishi mumkin bizning bitiruvchilar”.
Gumanitar va ijtimoiy fanlarchi?
Mamlakat sanoatlashar ekan, bu muhitda gumanitar va ijtimoiy fanlarning o’rni qanday? Gumanitar fanlar aniq fanlar bilan qanday raqobat qilayapti?
Saymon Jounsning aytishicha:
“Men o’zim muhandisman, lekin hayotimni universitetlarga bag’ishladim. Eng zo’r universitetlar keng ko’lamli fanlarni qamrashiga ishonaman. Nazarboyev Universiteti ham aniq, ham gumanitar fanlarni, ham san’atni taklif qiladi. Universitetimizda ikkilamchi fanlar yo’q”, - deydi prorektor Jouns.
Mutaxassis talabaga doim o’zi yoqtirgan sohani o’rganishni maslahat beradi. Chunki ishiyoqi bor kasbni bajarsa, odam tom ma’noda komillikka erishadi.
“Albatta, san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlar studentda qimmatli ko’nikmalar paydo qiladi. Tahlil qilishni, mantiqiy fikrlashni, yaxshi yozishni, o’z fikrlarini himoya qila olishni, bahs yuritishni o’rgatadi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar odamni real hayotga, kasbiy hayotga tayyorlaydi. Stiv Jobsga qarang, u ijtimoiy fanlarni o’qigan-ku, havas qilsa arziydigan hayot kechirdi-ku!” – deydi u.
"Qo'shnilarga bunday universitet uchun mablag' zarur"
Professor Yulay Shamilo’g’li Viskonsin universitetida professor. U Nazarboyev universiteti o’quv dasturini ishlab chiqishda faol qatnashgan. Bu kabi ta’lim dargohi shakllanishi uchun zarur omillarni sanaydi:
“Birinchidan, bunday universitetni ochish uchun kelajak haqida aniq bir tushuncha bo’lishi kerak. Prezident tomonidan, liderlar tomonidan mana shunday fikr olg’a surilishi kerak. Nazarboyev strategik jihatdan o’ylaydi. U Qozog’iston 2030, 2040, 2050-yillarda qanday bo’lishini oldindan ko’rib, shunday universitetni yaratdi. Kelajagimizda fan va texnologiyaning o’rni bo’lishi, bolalarimiz dunyo tillarini bilishi kerak va shuning uchun intilish lozim, deb shu ishga qo’l urdi. Lekin prezidentning tushunchalaridan boshqa pul ham kerak, albatta. Qozog’istonda bu bor. O’zbekistonda yo’q, bilishimcha. Qirg’izistonning Bishkek shahrida American University of Central Asia (Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti) ishlab turibdi, lekin qanchalik tirishmasin, moliya katta emas”, - deydi doktor Shamilo’g’li.
Viskonsin Universiteti va Nazarboyev Universiteti o'rtasida aloqa
O’z navbatida Viskonsin universitei uchun Nazarboyev universiteti bilan hamkorlik nihoyatda muhim. Chunki Markaziy Osiyo fanlariga qiziqishni saqlab qolish, mintaqaga qiziqishni so’ndirmaslik zarur.
“Viskonsin universitetida Markaziy Osiyo, Rossiya va Sharqiy Yevropani o’rganishga doir markazimiz (Center for Russia, East Europe and Central Asia) bor. Qozog’iston bo’lsin yoki Markaziy Osiyoning boshqa bir davlati bo’lsin, agar Viskonsin universitetini mintaqa bilan bog’lovchi programma bo’lsa, odamlar kelib-ketsa, professorlarimiz o’sha yerga borib bilimini kengaytirsa… Mening uchun, bu programmaning direktori sifatida juda qiziq. Markaziy Osiyo haqida o’ylaydigan odam ko’p emas. Ko’p odam pensiyaga chiqib ketgan. Bizning sohani qanday qilib kuchaytirish mumkin? Bugun Viskonsin universitetidan o’nlab odam Nazarboyev universiteti bilan birga ishlayapti, ular professorlarni ishga olishda, o’quv dasturini ishlab chiqishda yordam berishdi. Shaxsan men buni Viskonsin universiteti uchun katta yutuq deb bilaman. Bilim va tajriba jihatidan biz boyidik”, - deydi u.
Doktor Saymon Jouns Vashingtonga safari paytida Kolumbiya okrugi Universitetida (University of the District of Columbia) Stiven Roy Gudman (Steven Roy Goodman) bilan suhbat qildi. Muloqotni ingliz tilida tomosha qilishingiz mumkin:
Viskonsin universiteti o’z oldiga qo’ygan maqsadlardan yana biri fuqaro jamiyatini kuchaytirish.
“Sovet davridagi pedagogika yetmaydi. Sovetlar ko’proq faktga e’tibor bergan. Amerikada boshqacha. Ko’proq savol beramiz, nima yaxshi va nima yomon, faktlarning ortidagi sabablarni qidiramiz. Demokratik jamiyatni, fuqaro jamiyatini qurishda mana shunday tahliliy, tanqidiy yondashuv juda zarur. Viskonsin universiteti Qozog’iston yoshlarining dunyoqarashini kengaytira olsa, bu davlatda fuqaro jamiyatini shakllantirish yo’lida bir xizmat bo’ladi. Masalan, sovetlar tizimida bo’lmagan darslar ham mavjud, bugun ana shularni o’qish imkoni bor studentlarga. Antropologiya. Bizdagi antropologiya O’zbekiston, Qozog’istonda yo’q. Yoki, fizika, muhandislikni o’rganayotgan talaba hayotida birinchi marta Qozog’iston tarixini faqat raqamlarda emas, tahliliy, tanqidiy yondashib o’rganishi mumkin. Sovetlar davrida tarix ideologiya bo’lgan. Ideologiyasiz tarixni qanday o’qish mumkin? U yoki bu voqealar ortidagi sabablar qanday? Bor kitoblar va manbalardan qanday foydalanish kerak? Mana shularni o’rganadi. Bola hayotida birinchi marta tarixni sevib o’qiydi. Bular yangilik-ku”, - deydi doktor Shamilo’g’li.
Qozog'istonda inson huquqlari, erkinlik
Nazarboyev universiteti bilan hamkorlik qilayotgani uchun G’arbning yetakchi universitetlariga tanbeh beriladi. Qozog’istonda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og’ir, Tinchlik korpusi mamlakatni tark etdi, matbuot keskin nazorat ostida. Erkinlikni targ’ib qilgan Amerika universitetlari avtoritar hukumat bilan yaqindan ishlashiga qarshi chiqishlar xususida doktor Saymon Jouns shunday deydi:
“Mintaqada har bir davlat muammolarga har xil yondashadi. Qozog’istonda ikki yildan beri yashayotgan bo’lsam, salmoqli progress guvohi bo’ldim. Merlarni saylash haqidagi yangi tashabbus, Nazarboyev universiteti kabi, erkin faoliyat yuritishi qonunan belgilangan institutlarning paydo bo’lishi bunga misol. Albatta, bu mamlakatlar o’tish davrini boshidan kechirayapti. Bu yo’lda qiyinchiliklar uchrashi tabiiy. Lekin oxirgi ikki yilda shunga guvoh bo’ldimki, Qozog’istonni yaxshiroq davlat qilish, fuqarolik jamiyatini paydo qilish istagi bor. Og’ir, murakkab vazifa bu, biroq to’g’ri yo’ldan ketishayapti, fikrimcha”, - deydi Saymon Jouns.
Nazarboyev universitetida studentlar va ilm ahli yashab-ishlaydi. Uning sig’imi, bakalavr, magistr, ilmiy xodimlarni qo’shganda, ko’pi bilan 8 ming kishi. Maskanni asosan hukumat moliyalaydi. Bundan tashqari, grantlar, homiylar ajratgan yordam, studentlar berayotgan to’lovlar bor.
Akademik erkinlik?
Bu ilm dargohi o’zini avtonom, akademik jihatdan erkin deb tanitadi. Birinchidan, fakultet xodimlari xohlagan mavzuda ilmiy izlanish olib borishi mumkin. Ular qo’rqmasdan tadqiqotlar o’tkazishi, murakkab, bahsli manbalarni ko’tarishi va shular asosida fikrlarini bosib chiqarishi mumkin. Ikkinchidan, muallimlar qanday o’qitishni, talabaga qanday yondashishni o’zi hal qiladi. Shu bilan birga, universitet bu mamlakat va mintaqa hayotini yaxshilashga hissa qo’shishni o’z asosiy maqsadlaridan biri deb biladi.
Universitet rasmiysi kelgusida o’zbeklar bilan qo’shma loyihalar ustida ishlashdan umidvormiz, deydi.
Your browser doesn’t support HTML5