Nyu-York shahrining gavjum qismida, Jahon savdo markazi yaqinida, velosipedchilar yuradigan yo'lkada yuz bergan xurujda sakkiz kishi halok bo'lgan. Kamida 11 odam jarohat olgan.
Nyu-York shahar meri Bill de Blazio fikricha, voqea terror hujumidir. Ijaraga olingan yuk mashinasi peshexodlarni va velosipedchilarni yoppasiga bosgan. Haydovchi yonidagi qurollar qalbaki bo'lib chiqdi.
Nyu-York politsiyasining bildirishicha, hujumchi hozir kasalxonada. Politsiya unga ikki bor o'q uzgan. Uning o'zbek muhojiri, 29 yoshli Sayfullo Soipov ekani aytilmoqda. U Florida va Nyu-Jersi shtatlarida yashagan. AQShga 2010-yilda grin karta dasturi orqali kelgani ma'lum.
Guvohlar deydiki, yuk mashinasini mingan kishi katta tezlikda odamlar tomon haydagan va maktab o'quvchilarini olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Keyin ikki soxta to'pponcha bilan qochayotganda politsiya uni otgan.
Soipov mashinadan chiqib "Allohu akbar" deb hayqirgan. Mashina ichidan "Islomiy davlat" ekstremist guruhiga bay'at keltirilgan yozuvlar topilgani xabar qilinmoqda. Hujumchi yaralangan va ayni damda kasalxonada.