Yaqinda Vashingtondagi axborot muzeyida, Newseum deb atalmish maskanda qahramon jurnalistlar, informatsiya yig'aman va xalqni xabardor qilaman deb yurgan chog'ida o'ldirilgan insonlar xotirlandi. Ma'lumot to'plash, afsuski, eng xavfli sohalardan biri, ayniqsa, notinch hududlarda jurnalistlarning hayoti doimiy tahlika ostida. Axborot muzeyidagi tadbirda o'tgan bir yil ichida halok bo'lgan muxbirlar yodga olindi.
Muzeydagi Jurnalistlar yodgorligiga yana 82 ta ism qo’shildi.
Ulardan biri fotojurnalist Ahmad Ismoil Hassan al-Samadiy. U Bahraynda hukumatga qarshi namoyishlarni yoritayotib o’q yegan. O’sha payt uning qo’lidagi fotoapparati endi marosimga kelgan otasining qo’lida. Al-Samadiy o’limi uchun hech kim javobgarlikka tortilmadi.
“Adolat qaror topishiga, har bir shahidning o’limi tergov qilinishiga umid qilaman”, - deydi marhumning otasi Ismoil Abdulsamad.
Pokistonlik jurnalist Mukarram Xon Aatif esa "Amerika Ovozi"ning muxbiri edi. U masjidda ibodat qilayotgan payt otib ketilgan.
Axborot muzeyida bir necha yil oldin tashkil etilgan xotira devorida 2200 dan ziyod jurnalistning ismi bitilgan. Barchasi professional vazifasini bajarayotib halok bo’lgan. Ba’zilari urush zonalarida, boshqalari esa matbuot erkin bo’lmagan mamlakatlarda. O’tgan yili eng ko’p jurnalist Suriyada nobud bo’ldi. 29 kishi.
NBC telekompaniyasining muxbiri Richard Engel xavf bilan bir necha bor yuzlashgan. O’tgan yili u va hamkasblari Suriyada o’g’irlanib, besh kundan so’ng qutqarilgan edi.
“Mamlakatdagi ayrim hududlarni bir guruh boshqarsa, boshqalari yana bir guruh nazoratida. Poytaxt hali ham hukumat qo’lida. Kimga ishonishni, kim bilan ish qilishni bilmaysiz. Kim do’stu, kim dushman, bilib bo’lmaydi. Kelasi yili Axborot muzeyida ro’yxat tepasida yana Suriyani ko’ramiz, deb qo’rqaman”, - deydi Engel.
Jurnalistlar o’limi bo’yicha eng ko’p sonli ikkinchi davlat o’tgan yili Somali bo’ldi. So’ng Braziliya va Pokiston. Xotira devorida 1837-yildan beri nobud bo’lgan muxbirlarning ismlarini ko'rish mumkin.
Richard Engelning aytishicha, bu jurnalistlar o’z sevgan kasbi uchun jonini fido qildi.
Axborot muzeyida “Amerika Ovozi” O’zbek xizmatining Qirg’izistondagi muxbiri, 2007-yilda O’sh shahrida otib ketilgan Alisher Soipovning nomi ham Xotira devoridan joy olgan.