Pxenyan uran boyitish ko'lamini kengaytirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Yonbyondagi yadro zavodi, Shimoliy Koreya (2008-yilda olingan surat)

AQShning Fan va xalqaro xavfsizlik institutiga ko’ra, Shimoliy Koreya uran boyitish inshooti hajmini ikki baravar oshirilmoqda. Institut Yonbyondagi yadro zavodida qurilish boshlanganini bildirib, kengaytirilgan joy ikki karra ko’p sentrifugalarni sig’dirishi aytilgan.

Pxenyan uranni boyitayotganini uch yil oldin ma’lum qilgan edi. Zavodda ikki mingta sentrifuga borligi ma’lum.

Shimoliy Koreya u yerda elektr quvvati olish uchun kam boyitilgan uran ishlab chiqarilmoqda, deydi. Biroq AQSh va G’arb nazarida zavod yadro quroli ustida ishlamoqda.

Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Shimoliy Koreyada oltitadan 12 tagacha atom bombasini yaratishga yetarli plutoniy bor.