Nyu-York ahli marhum politsiyachini dafn etdi

  • Amerika Ovozi

Kuins, Nyu-York

Nyu-York ahli shu hafta otib ketilgan politsiyachilardan biri, Rafael Ramosni dafn etdi.

Shanba kungi marosimga 20 mingdan ziyod politsiyachi jamul-jam bo'ldi.

Dafn marosimida so'zlagan vitse-prezident Jo Baydenning aytishicha, qotillar ikki ofitserni o'qqa tutganida butun yurtni nishonga olgan. Fojea butun elatning dilini vayron qilgan.

Ofitserlar Ramos va Venjian Lyu o'tgan hafta Bruklinda mashinasida otib ketildi.

Ularni o'ldirgan shaxs shu kuni o'z joniga qasd qilgan. Ofitser Lyu qachon dafn etilishi hali e'lon qilinmadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Politsiya va jamoatchilik - US Communiy Policing