Breaking News

Ferguson va boshqa shaharlarda namoyishlar


Ferguson shahri, Missuri, 25-noyabrya, 2014-yil
Ferguson shahri, Missuri, 25-noyabrya, 2014-yil

Missuri shtatining Ferguson shaharchasida ikki kundan beri to'polon. Qora tanli o'smirni otib o'ldirgan oq tanli politsiyachining sudda oqlanishi afro-amerikalik aholini g'azabga keltirdi.

Amerikaning boshqa shaharlarida ham sud qarorini adolatsiz deb bilgan odamlar ko'chaga chiqib, namoyish qilmoqda.

Fergusonda mashinalar yoqildi, do'konlar o'marildi. Tartibni tiklash uchun ikki mingdan ziyod Milliy gvardiyachi safarbar etildi.

Politsiya shahar hokimiyati yonidagi namoyishni noqonuniy deb, odamlarga tarqalishni buyurdi va bo'ysunmaganlar hibsga olinishini aytdi. Yarim soat ichida hudud ulardan tozalangani aytiladi.

Mahalliy politsiya boshlig'i Jon Belmarning aytishicha, 44 odam tunda hibsga olingan, jami esa ikki kunda 100 odam ushlangan.

Namoyishlar Sent-Luis, Klivlend, Sietl, Vashington, Nyu-York shaharlarida ham kuzatilmoqda.

Prezident Barak Obama vayronalarga qo'l urganlarni jinoyatchi deb, ularni jazolashga chaqirdi. Shu bilan birga prezident odamlarning sud qarorini adolatsiz bo'lganini bilishini tushunaman, dedi.

Voqea 9-avgust kuni ro'y bergan edi. 28 yoshli politsiyachi Darren Uilson 18 yoshli Maykl Braunni bir do'kondan chiqib kelayotganida o'qqa olgan. Yigit bir necha joyidan yaralanib, halok bo'lgan. Braun do'konda o'g'rilik qilib, sotuvchini do'pposlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG